AQShdan Kubaga ilk yo'lovchi kema suzib bordi

  • Amerika Ovozi

AQSh-Kuba aloqalarida yarim asrdan oshiq davr mobaynida ilk bor Amerikadan orol davlatga yo’lovchi kema bordi. Ikki mamlakat diplomatik munosabatlari tiklanar va AQSh sanksiyalari birin-ketin bekor qilinar ekan, 700 passajir Kubaga safar qilishga qaror qildi.

“Adoniya” deb nomlangan kema bir oyda ikki marta Kubaga sayyoh tashiydi.

Yo’lovchilar orasida bir vaqtlar Kubadan Amerikaga qochgan odamlar ham bor. Kuba hukumati avval bunday insonlarning tarixiy mamlakatiga borishiga qarshi edi. Ammo AQSh rasmiylari bilan muzokaralardan so’ng muammo bartaraf etildi.

"Besh yoshimda Kubani tark etganman, 50 yil bo’libdi bunga. Kuba haqida ko’p bilmayman. Ajoyib imkoniyat tug’ildi”, - deydi yo’lovchilardan biri.

Joriy yilda AQSh va Kuba o’rtasida havo qatnovining ham yo’lga qo’yilishi kutilmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Gavana bo'ylab sayr