AQSh: Odam savdosiga qarshi kurashda g'alaba qozonishimiz kerak

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh zamonaviy qulchilikka qarshi kurashni to’xtatmoqchi emas. Hukumat odam savdosiga oid yillik xalqaro hisobotini e’lon qilar ekan, Vashingtonga qarshi tanqidiy fikrlar ham yangramoqda.

2015-yilgi hisobotga ko’ra, odam savdosi bir yilda 150 milliard dollarlik biznesga aylangan va dunyo bo’ylab 230 milliondan otiq migrant ishchi tahdid ostida.

“Biz bu kurashda mutlaq g’olib chiqishimiz kerak. U zamonaviy dunyoning o’ta ulkan muammosi”, - deydi Kerri.

Hisobotda 23 mamlakat odam savdosiga qarshi jiddiy kurashmayotganlikda ayblanadi. Ular orasida Eron, Suriya, Rossiya va Shimoliy Koreya bor. Vashington olib borayotgan siyosatning ham ta’siri bo’lyapti, deydi Garvard universitetidan tahlilchi Sidxart Kara.

“12 yil 3-darajada turgan Kubani diplomatik aloqalar tiklanishi ortidan mavqeini oshirishdi. O’tgan yili 3-darajada bo’lgan Malayziya ham prezidentning Trans-Tinch okeani savdo dasturi sabab ko’tarildi”, - deydi u.

AQSh “Islomiy davlat” qo’lida aziyat chekkan yazidiy ayollari va bolalarini qutqarishga shoshmagani xalqaro hamjamiyat e’tiroziga sabab bo’ldi.

“Har safar bu masalani xalqaro hamjamiyatga olib chiqsak, ular birinchi maqsad IShIDni yengish deb aytishadi. Bu esa uzoq vaqt oladi”, - deydi faollardan biri.

Huquq faollarining ogohlantirishicha, odam savdosi qurbonlari qanchalik uzoq qiynalsa, jismoniy va ruhiy azoblarning davo topishi shuncha qiyin va uzoq kechadi.

Davlat kotibi Jon Kerri xalqaro hamjamiyatni jiddiy choralar ko’rishga chaqirdi. Odam savdosidek jinoyatni yo’q qilish naqadar murakkab ish ekanini hamma birdek tan oladi.