AQSh suriyalik qochqinlarni qabul qilishni tezlatadi

  • Amerika Ovozi

Suriyalik qochoqlar

Qo'shma Shtatlar bu davlatga kelayotgan suriyalik qochqinlarni qabul qilish jarayonini tezlatmoqchi.

Hujjatlashtirish, tekshirish tartibini tezlatish uchun qo'shimcha mablag' ajratiladi, deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner. Shu bilan birga, tekshirishlar puxta o'tkaziladi.

Mintaqada terrorchi guruhlar ko'p, deydi Toner. Shunday ekan, Amerikaning xavfsizligini ta'minlash ham ustuvor masala, deydi u.

2011-yilda boshlangan ixtlof ketidan Amerikadan boshpana so'ragan suriyaliklar soni taxminan 1800 kishiga yetgan.

Tonerning aytishicha, asosiy maqsad - Suriyadagi urushga siyosiy yechim topishdir.

Human Rights Watch tashkilotining qochqinlar masalalari bo'yicha mas'ul vakili Bill Frelikning aytishicha, Amerika va boshqa davlatlar jonliroq harakat qilishi kerak.

Xususan, Qo'shma Shtatlar BMTning qochoqlarga yordam loyihalariga ko'proq moliya ajratishi lozim.