AQSh diplomati Tojikistonda Afg’oniston, Yangi Ipak Yo’li haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh diplomati Tojikistonda Afg’oniston, Yangi Ipak Yo’li haqida gaplashdi

Amerikaning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha mas’ul vakili Mark Grossman Tojikistonda bo’ldi va bu davlatning NATOga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

To’rt kunlik safari davomida diplomat Afg’oniston tinchligi va xavfsizligini muhokama qildi.

AQSh qo’shinlari Afg’onistonni tark etib, mas'uliyat mahalliy kuchlar zimmasiga o'tishi kutilayotgan paytda Vashington mintaqa davlatlari qo’llab-quvvatlovidan umidvor, deydi tahlilchilar.

Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashgan Grossman 2-noyabr Istanbulda rejalangan Xavfsizlik va Hamkorlik Konferensiyasi, 5-dekabr Bonnda o’tishi kutilayotgan Xalqaro Afg’oniston anjumani haqida fikr almashdi.

AQSh diplomati Tojikistonda Afg’oniston, Yangi Ipak Yo’li haqida gaplashdi

Qo’shma Shtatlar Tojikiston bilan kelgusida ham kelishib ishlash tarafdori, dedi diplomat Mark Grossman.

Tomonlar AQSh olg’a surayotgan Yangi Ipak Yo’li tashabbusi haqida ham gaplashdi.

Loyiha mintaqa davlatlarini bir-biri va Janubiy Osiyo va umuman xalqaro bozor bilan qalinroq bog’lash, shu orqali region tinchligi, farovonligini ta’minlashdan iborat.

Loyiha, ayniqsa, Afg'onistonni mintaqaviy tranzit va savdo markazi sifatida rivojlantirishni ko'zda tutadi.