Vatandagi manzara: Partiyalar bir-birini tanqid qilayotganidan xursand, xalqning dardi kimga kerak?

  • Gazetxon Do'st

Vatandagi manzara: Partiyalar bir-birini tanqid qilayotganidan xursand, xalqning dardi kimga kerak?

O’zbekistondagi rasmiy partiyalarni muxolif deya olmaymiz, chunki hammasi amaldagi siyosatni quvvatlaydi. Ularning bir-biridan farqi nima? Hatto a’zolarning o’zi ham bu savolga javob berolmaydi.

Lekin ular o’z gazetalarida “tanqidiy” maqolalar bosib, o’z farqli tomonlarini tushuntirishga harakat qilayotgandek.

“Milliy Tiklanish” gazetasi shu haftadagi sonida “partiyalar o’rtasidagi o’zaro kurash mayda gina qudratlar natijasidan nariga o’tmayapti”, deb yozadi.

Darhaqiqat, rasmiy partiyalar o’rtasidagi “gina qudratlar” anchadan buyon davom etmoqda, lekin hozirgacha bu “tanqidlar” jamoatchilik o’rtasida biror munozara uyg’otmadi.

Vatandagi manzara: Partiyalar bir-birini tanqid qilayotganidan xursand, xalqning dardi kimga kerak?

“O’zbekiston ovozi”, Xalq Demokratik Partiyasi nashri, bergan ma’lumotlarga ko’ra, shu yilning o’zida partiyalarning o’zaro tanqidiga oid 50 dan oshiq maqola yozilgan. Ularning yarmidan ortig’i shu gazetada berildi, deya g’ururlanadi gazeta.

Bu maqolalarning aksariyatida partiyalarning joylardagi boshlang’ich tashkilotlari ishlamayotgani, tumanlardagi deputatlar hokimlarga e’tiroz bildirishga jur’at eta olmayotgani haqida.

Partiyalarning Oliy Majlisda o’tirgan vakillari hukumatga biror e’tiroz bildirmayotgani xususida esa hech gap yo’q.

“Milliy tiklanish” gazetasi partiyalar o’rtasidagi gina qudratlar bilan bog’liq siyqa tanqidlarni g’oyaviy qarama-qarshilik darajasiga ko’tarishga chaqiradi.

Maqolalarda, shuningdek, deputatlar xalq oldidagi mas’uliyatini unutgan, yangi ish o’rinlari yaratish haqidagi va’dalar bajarilmagan degan fikrlarni o’qiysiz.

Vatandagi manzara: Partiyalar bir-birini tanqid qilayotganidan xursand, xalqning dardi kimga kerak?

“O’zbekiston ovozi”ning yozishicha, Liberal Demokratik Partiya biznes muhitni buzmoqda. Jumladan, Kattaqo’rg’on shahrida 477 kichik korxonalardan 66 tasi, Pastdorg’om tumanida ro’yxatga olingan 906 tadbirkorlik sub’yektlaridan 329 tasining faoliyati to’xtab qolishida liberal demokratlar aybdor emish.

"O’zbekiston ovozi” chop etgan yana bir maqolada “Adolat” partiyasi tanqid ostiga olinib, u “Gap desa qop-qop, ish desa… ” deb nomlanadi. “Adolat” partiyasi xalqqa faqat quruq va’dalar berib keladi, deyiladi maqolada.

O’zbekiston hukumati nomidan berilgan va’dalar bajarilishiga kim ma’sulligi, hozirgi ijtimoiy-siyosiy muammolar nimadaligi haqida bu partiyalar va ularning nashrlarida birorta tanqidiy yondashuvni ko’rmaysiz.

Biroq hukumat erishayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maqtovlarda rasmiy partiya vakillari bir-birlaridan oshib tushishadi.

Hozirgacha ulardan hech biri muhim voqealar yuzasidan o’z pozitsiyasini bildirmagan. Ular hukumat pozitsiyasini kutish bilan cheklanadi.

Bu mavjud partiyalar bir-biriga qo’shib yuborilgan taqdirda ham, ularning bor - yo’qligi hech kimni qiziqtirmaydi degan taasurot uyg’otadi.

Vatandagi manzara: Partiyalar bir-birini tanqid qilayotganidan xursand, xalqning dardi kimga kerak?

Partiyalar o’rtasidagi “gina qudratlar” jamoatchilik nazaridan chetda, chunki bu tanqidlarda jamiyatdagi mavjud muammolar chetlab o’tiladi.

Hammaga ma’lumki, so’z va matbuot erkinligi dolzarb masala.

Ayni damda ikki jurnalist Malohat Eshonqulova va Saodat Omonova, prezident Islom Karimov qabulini kirishni so’rab, mana 10 kundan oshdiki, ochlik e’lon qilgan. Ular shu yo’l bilan davlat rahbari e’tiboriga tushmoqchi.

Mahalliy matbuot, yirik gazetalar bu masala yuzasidan lom-mim demaydi.

Jurnalistlar ochlik aksiyasining 11-kuni matbuot anjumani o’tkazishga harakat qilgan, lekin hech kim bormagan.