O'zbekiston islomiy harakati: Karachidagi xuruj bizning ishimiz

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston islomiy harakati jangarilari Pokistonning Vaziriston hududida o'rnashgani aytiladi.

Pokistonning Karachi aeroportida yakshanba kuni yuz bergan qonli xuruj uchun O'zbekiston islomiy harakati mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Avvalroq hujum uyushtirganlar orasida o’zbek millatiga mansub jangarilar borligi xabar qilingan edi.

O’zbekiston islomiy harakati yetakchisi Usmon G'ozi chiqargan bayonotda guruhning 10 a’zosi hujumda ishtirok etgani aytiladi. Pokiston rasmiylariga ko’ra, voqeada 10 jangari o’ldirilgan.

Hujum ro’y berishidan biroz avval Pokiston mamlakat shimoli-sharqidagi Xaybar viloyatida antiterror amaliyoti o’tkazib, unda 15 jangario’ldirganini hamda 9 ta terrorchilar yashirinadigan markazni yo’q qilganini ma’lum qilgan edi.

O'zbekiston islomiy harakati aeroportdagi hujum Pokiston hukumati 21-mayda o'tkazgan harbiy amaliyotga javoban amalga oshirilganini aytgan.

Shuningdek, qutqaruvchilar kecha Karachi xalqaro aeroportining yukxonasidan 7 ishchining jasadini topgan. Shu bilan yakshanba kungi qonli xurujda halok bo’lganlar soni 35 taga yetdi.