Prezident Karimov bilan gaplashsam... Hazratqul Xudoyberdi bilan suhbat

O'zbekiston rahbari Islom Karimov, Toshkent, 2012

O’zbekistonda uzoq yillar qishloq xo’jaligi sohasida ishlagan, suv inshootlari bo’yicha mutaxassis Hazratqul Xudoyberdi bugungi kunda Shvetsiyada yashaydi, siyosiy muhojir. Fuqaro jamiyati, inson huquqlari va erkinlik targ’ibotchisi. Vatanda 29-mart kuni o’tishi rejalangan prezident saylovlariga parallel ravishda tuzilgan virtual saylovda o’z nomzodini qo’ygan. Yevropadagi muhojirlar tomonidan boshlangan tashabbus – Virtual saylov komissiyasi – dunyoning turli davlatlarida yurgan o’zbekistonliklarga muqobil tanlov imkoniyatini berishni maqsad qilgan.

To’g’ri, bu real saylov emas, lekin o’ziga xos demokratik mashq. Hazratqul Xudoyberdi nazarida esa bu undan-da jiddiy jarayon: siyosiy ongni shakllantirishda xizmat qiladigan muhim harakat. Chunki, deydi u, O’zbekistonda hukumat “bu demokratik saylov” deb qanchalik bong urmasin, faqat o’zini aldamoqda; tom ma’noda muqobil nomzod yo’q, “rasmiy nomzodlar” - qo’g’irchoqlar.

Xo'sh, bu virtual saylovda yutgan odam nima qila oladi? Virtual prezident nimaga qodir?

O’zbekistonda demokratik imkoniyatlar cheklangan bo'lsa, ularning siyosiy ongini baholash adolatdanmi?

Tasavvur qiling, hozir prezident Islom Karimov bilan debatdasiz, ochiq bahsda. Gapni nimadan boshlagan bo’lardingiz?

O’zbekistonni Islom Karimovdan boshqa hech kim eplay olmas edi, deydiganlar ko'p. Hokimiyatni boshqarish uchun qanday odam kerak?

Hokimiyat va qudratning mazasini tatib ko’rgan odam osonlikcha tashlab ketmaydi deyishadi. Prezidentlik kursisi sizga tegsa, muddatingiz tugashi bilan ketarmidingiz?

Javoblarni tinglang.

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonda prezident saylovlari - Muqobil nomzod Hazratqul Xudoyberdi - Navbahor Imamova