Fazoda yashash inson organizmiga qanday ta'sir qiladi?

  • Amerika Ovozi

NASA astronavti Skot Kelli va rossiyalik kosmonavt Mixayl Kornienko xalqaro fazo markazida, 29-aprel, 2015-yil.

Ikki fazogir mana 10 oydirki Xalqaro fazo stansiyasidagi yashamoqda. NASA astronavti Skot Kelli va rossiyalik kosmonavt Mixayl Kornienko mana shu yo’l bilan kosmosda uzoq muddat qolishning inson jismi va ruhiga qanday ta’sir qilishini o’rganayapti. Maqsad kelajakda Mars sayyorasida safar oldidan tajriba to’plash.

“Bu yerda uzoq yashaganingiz sari radiatsiya bois odamning suyak va mushaklari bo’shashib boradi. Ko’rish va hatto yurak urishida muammolarbo’lishi mumkin”, - deydi Kelli.

Fazogirning aytishicha, 159 kunlik avvalgi parvozi ketidan uning ko’zi xiralashgan, lekin hozir ancha yaxshi.

Mixayl Kornienko esa vazifa oson emas, ammo yanada uzoqroq tura olamiz, deydi.

“Bizga ishonishdi, kuchimiz yetishiga ishonishdi. Kerak bo’lsa, bundan ham ko’proq yashaymiz. Oson emas, ammo yana bir qadam olg’a yurishimiz uchun muhim bu”, - deydi fazogir.

Har ikki fazogirning samodagi ishi mart oyigacha davom etadi. 342 kun davomida ular yig’gan ma’lumot kelajak safarlarida inson hayoti uchun xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.