Vashington choyxonasi: O'zbekiston matbuoti erkinlashyaptimi?

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonda o'tgan bir yil o'zgarishlarga boy bo'ldi. Matbuotda ham bu ko'zga tashlanmoqda. Ilgari tanqid qilinmagan, til tekkizilmagan mavzular tez-tez bo'y ko'rsata boshladi. Ayniqsa, internet narshlarida.

Bu o'zgarishlar qanchalik haqqoniy? O'zbekistonda haqiqiy so'z erkinligi paydo bo'ldimi? Qanday umid va xavotirlar bor?

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzuni muhokama qildik. "Amerika Ovozi"ning jamoatchi muxbiri, Germaniyada yashab ijod qiluvchi jurnalist Malik Mansur bilan shu haqda suhbat qurdik.

Uning aytishicha, O'zbekiston matbuotida o'zgarishlar bor, ammo ehtiyotkorlik hanuz yuqori; umid bilan birga, xavotirlar ham yo'q emas.

Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: O'zbekiston matbuotidagi o'zgarishlar