Aniq fanlarga qiziqqan qizlar uchun Amerikada o'qish imkoniyati

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston va qo'shni davlatlardan ham qizlar bu dasturda qatnashishi mumkin

10-yanvar, Nobel mukofoti kuni, munosabati bilan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Nyu-York Fanlar akademiyasida yig'ilgan ayollarga murojaat qilib (video), yangi bir dastur e'lon qildi. Musulmon olamida ilm-fan rivojiga hissa qo'shayotgan ayollarni quvvatlovchi bu tashabbus (NeXXT Scholars Initiative) asosan qizlarga qaratilgan.

O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan ham unda qatnashish mumkin.

Aniq fanlar, xususan texnologiya, muhandislik va matematika singari sohalarga qiziqqan qizlar uchun Amerika oliygohlarida o'qish uchun tanlov e'lon qilinadi. Undan o'tganlar bepul ta'lim oladi, ya'ni AQSh hukumati barcha xarajatlarni qoplaydi. Amaliyot va izlanish uchun ham sharoit yaratib beriladi.

Amerikaning 40 kollej va universiteti bu dasturda qatnashadi. Ular Davlat departamenti yordamida musulmon dunyosidagi olimalar va talabalar bilan bog'lanib, hamkorlikni yo'lga qo'yadi va alohida almashinuv dasturlari joriy etiladi.

Bakalavrlik darajasi uchun o'qish imkoniyatini yaratuvchi bu programma haqida ma'lumotlar mana bu yerda: http://bit.ly/skFxN4

Qo'shimcha ma'lumot uchun AQSh elchixonalariga murojaat qiling:

http://uzbekistan.usembassy.gov/advising.html