Breaking News

Iroq xotin-qizlari kelajakdan xavotirda


Iroq xotin-qizlari kelajakdan xavotirda
Iroq xotin-qizlari kelajakdan xavotirda

Iroq xotin-qizlari kelajakdan xavotirda. So’nggi 30 yilda yuz bergan uch urush erkaklar qatori ayollar hayotini ham xonavayron qildi. AQSh qo’shinlari bu mamlakatni tark etdi, ammo har yoqda beqarorlik hissi hukmron. Iroq xotin-qizlari Amerika roli va kelajak haqida nima deydi?

Iroq jamiyatida ayollar alohida o’ringa ega. Ular boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, boriga baraka deb, shukur qilib yashaydi va oila a’zolarini qo’llab-quvvatlaydi.

Bag'dod ko'chalarida
Bag'dod ko'chalarida

Sadiya Jabbor beva, olti farzandi bor. 2004-yilda terrorchilar uning o’g'illaridan birini o’ldirgan – Amerika kompaniyasida ishlagani uchun.

Sadiya bor narsasidan ayrilgan o’shanda.

“Nima qilishimni bilmay, bo’ldi, hayot tugadi, deganman. Kasal bolamga dori sotib olish uchun uydagi jihozlarni sotishga majbur bo’lganman. Maktabga borolmasdi bolalarim. Biri esa betob. Bu o’limdan ham yomon”.

Urush 100 mingdan oshiq iroqlikni hayotni olib ketdi
Urush 100 mingdan oshiq iroqlikni hayotni olib ketdi

Endilikda Sadiya tikuvchilik qilib kun ko’radi. Boshqa ayollar yordamida bu ishni boshladi. Lekin kelajakka ishonmaydi.

“Hammasi bundan ham yomon bo’ladi deb o’ylayman. Amerika u yoqda tursin, men hukumatdagilar bir-biri bilan urushaveradi deb qo’rqaman”.

Vamid Marhun – o’qituvchi. U ham na hukumatga ishonadi, na kelajakda vaziyat yaxshilanishiga. Bolalari taqdiridan xavotirda:

Mamlakat bo'ylab portlashlar, mazhablararo mojarolar davom etmoqda
Mamlakat bo'ylab portlashlar, mazhablararo mojarolar davom etmoqda

“Eng katta muammo – diniy nizolar, korruptsiya va siyosat. Hammasi – siyosat, beqarorlik, hammayoq xonavayron va xavfsizlik ta’minlanmagani… Bulardan tashqari mamlakatga kelgan har bir odam “pul-pul” deydi. Xalq haqida, biz haqimizda hech kim o’ylamaydi”.

Ayollar o’zi, farzandlari va urushda halok bo’lgan qarindoshlarining bolalariga qarashga majbur.

Inson huquqlari faoli Sundus Abbos deydiki, diniy guruhlar va ulamolar xotin-qizlar huquqlarini cheklayapti:

AQSh qo'shinlari Iroqni tark etdi
AQSh qo'shinlari Iroqni tark etdi

“Ular bizning shaxsiy erkinligimiz haqida gapiradi: buni kiyish mumkin, bunisini esa yo’q, ishlash yoki o’qish mumkin emas, universitetga borish mumkin emas, mashina haydamaslik kerak. Axir bu jamiyatimizga, qolaversa tabiatga zid-ku!”

Sudusning ukasi 2006-yilda diniy mojaroda otib o’ldirilgan. O’sha kunlar qaytmasin, deydi u:

“Iroqda yana zo’ravonlik, qon to’kilish bo’ladi, nazarimda. Har holda yaqin kelajakda”.

Iroqda kim bilan gaplashmang, shunday xavotirlar… Amerika chiqib ketdi. Taqdir endi o’z qo’lingizda, deydi. Lekin omma orasida hukumat, siyosatchilar va ulamolarga ishonch past.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG