Pentagon ayollarga jang maydoniga xizmat qilishga ruxsat bermoqchi

  • Amerika Ovozi

Qonun shu paytgacha nima deyishidan qat'iy nazar, Iroq, Afg'onistonda ayollar frontning faol qatnashchilariga aylanib bo'lgan

AQSh Mudofaa vazirligi ayollarga jang maydonida xizmat qilishga ruxsat bermoqchi. Shu paytgacha bu cheklangan edi.

Oldinlari ayollar uchun o’ta xavfli hisoblangan batal'onlarda endi ular harbiy vrach va razvedkachi bo’lib ishlashi mumkin.

Tahlilchilar deydiki, cheklov xotin-qizlarning xizmatda ko’tarilishiga to’sqinlik qilib kelgan, chunki jang maydonida bo’lganlikda bunda hal qiluvchi omildir.

Lekin, qonunga ko'ra, piyoda askar, og’ir artilleriyani boshqarish kabilar hamon istisno.

Biroq harbiylar mavjud qonunlarni aylanib o’tib shu paytgacha Iroq va Afg’onistonda xizmat qilayotgan ayollar batal'onlarda erkaklar bilan shundog'am teng ishlab keladi.

Patrul xizmati, xonadonlarga kirib, tekshiruvlar o'tkazish kabilarda ayollarning roli beqiyos, ayniqsa, musulmon jamiyatlarda.

Pentagonning bildirishicha, ikki urush 144 askar ayolni hayotdan olib ketgan, 850 nafari jarohatlangan.