Vyetnam Xitoy bilan mojaroda AQShdan katta yordam kutmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy kemasi vyetnamlik baliqchilarni quvmoqda

Xitoy kemasi vyetnamlik baliqchilarni quvmoqda

Vyetnam Xitoy bilan hududiy mojarolarda Amerika kattaroq rol o’ynashini
istaydi. Ammo Vashington masalaga aralashishga shoshmayapti.
Vyetnam rasmiylari havola etgan videoda Xitoy soqchilari kemada bahsli Janubiy Xitoy dengizida Vyetnam baliqchi kemasini quvayotganini ko’rish mumkin.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xon Li buni tushuntirar ekan:

“Aytilgan dengizda Xitoy kemalari o’zini himoya qildi, Vyetnam kemalari esa hujum qilayotgan edi”, - dedi.

Vyetnamning xohishi shuki, Obama ma’muriyati Pekinni to’xtatishda yordam bersin. Bu davlat Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Le Xay Bin:

“AQShnig dadil-dadil so’zlashini xohlardik. Konkret qadamlar tashlasin, konstruktiv yechimlar bilan chiqsin. Shu bilan mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga hissa qo’shadi. Mojarolarni xalqaro huquq normalariga ko’ra hal etishda yordam beradi, degan umiddamiz”.

Vashington Xitoy bilan talash hududda Xanoyni himoya qilishga shoshmayapti. Vyetnam nazarida Xitoy uning hududida neft platformasini o’rnatgan.

“Biz taraflarni muloqot qilishga chaqiramiz, ammo talash hududlarga aralashmoqchi emasmiz”, - dedi Dalvat departamenti so’zlovchisi Jen Psaki.

Amerika tadbirkorlik instituti tahlilchisi Maykl Oslin fikricha, bunday pozitsiya Obama ma’muriyatini zaiflashtiradi.

“Obama ma’muriyati bu suvlar Vyetnam iqtisodiy zonasiga kirish-kirmasligi bizning ishimiz emas, demoqchi. Ya’ni masalani hal etishga hissa qo’shish imkonidan o’zini mahrum etayapti,” - deydi mintaqashunos.

Oslin nazarida bunday bayonotdan Xitoy va AQSh ittifoqchilari xulosa qiladiki, Vashington vaziyatga aralashmoqchi emas.

“Loaqal “ha, bu Vyetnamga tegishli dengiz hududi. Biz mojaroni Vyetnam va Xitoyning o’zi hal qilishi kerak, deb hisoblaymiz”, deyish kerak edi. Shu bilan birga, Amerika Xitoy va Vyetnam o’rtasida kechayotgan tortishuvdan xabari bor ekanini namoyish etgan bo’lar edi,” - deydi Oslin.

Professor Xillari Mann Leverett AQShning bu xatti-harakati Osiyoga harbiy va diplomatik e’tiborni oshirish siyosatiga zid emasmi, deya so’raydi.

“Xitoy Vyetnamga ko’rsatib qo’ymoqchi: Vyetnam juda qiyin ahvolda va yordam bera oladigan yagona davlat orqa o’girib oldi. Shunday ekan, Xitoy bilan orani yaxshilashdan boshqa yo’l yo’q,” - deydi u.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Vyetnam bilan munosabatlarni buzmoqchi emas. Ammo “Vyetnamning provokatsion harakatlari”ga javoban Xitoy javob qaytarishini aytmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG