Notinch Afg’onistonda partiyaviy ziddiyatlar kuchaymoqda


Gulbiddin Hikmatyor, sobiq jihodchi, uzoq yillar Eronda yashab, yaqinda vatanga qaytgan siyosatchi

Urushdan tinkasi qurigan Afg’onistonda hukumat birdam emas. Buning ustiga partiyalar orasida ham ziddiyatlar o’tkirlashgan. Afg’oniston Islomiy partiyasi rahbari Gulbiddin Hikmatyor siyosiy guruhlar va ular rahbarlariga qarshi salbiy fikrlar bildirib, “Islomiy jamiyat” partiyasini keskin ravishda tanqid qilar ekan, bu harakat hukumatga haddan osha o’rnashib olgan va qudratni suiiste’mol qilmoqda, deydi.

Sobiq jihodchi qo’mondon Hikmatyor AQSh vositachiligida shakllangan “Milliy birdamlik” hukumatidan norozi, vaholanki, yaqinda u bilan til topishib, vatanga qaytgan edi. Erondan uzoq yillardan beri yashab, nihoyat Kobul bilan murosa qilgan edi.

“Islomiy jamiyat” partiyasi hukumatning 50 foizini tashkil etadi.

“Mudofaa vazirligida Panjsher viloyatidan 600 ta general bor. Chunki mudofaa vaziri panjsherlik bo’lgan. Lekin, 600 ta general butun Yevropa davlatlarida ham bo’lmasa kerak”,- deydi Hikmatyor.

Yirik harbiy va siyosiy qudratga ega “Islomiy jamiyat” Hikmatyorga javob qaytardi.

“U ruhan kasal”, - deydi partiyaning ijrochi raisi general Ato Muhammad Nur.

“Ozgina orqangga boq. Qayerda va qanday kun kechirar eding. Keyin siyosiy guruhlar va rahbarlarni tandiq qil”,- deydi general Nur, Samangon viloyatida tarafdorlari oldida suhbat qilar edi.

Ushbu ikki guruh juda uzoq vaqtdan beri bir-biri bilan to’qnashib keladi. Hikmatyor 90-yillarda Kobulni raketa orqali nishonga olgan, minglab insonning hayotiga zomin bo’lgan. O’shanda “Islomiy jamiyat” hukumat tepasida bo’lgan.

Ayrimlar Hikmatyorning tanqidiy so’zlarini o’zini mashhur qilish, nifoq urug’ini sochish uchun harakat deb biladi.

Hikmatyor hukumatda pashtunlar o’rni juda oz ekanidan shikoyat qilib, ularni o’z haq-huquqlarini talab qilishga chorlamoqda.

Tahlilchilar nazarida, bu ziddiyatlar hali-beri tinmaydi.

“Afg’oniston Islomiy partiyasi va “Islomiy jamiyat” guruhlari o’rtasidagi tortishuvlar eski ziddiyatlardir. Ikkala guruh ham mamlakatning ko’p hududlarida tarafdorlarga ega. Bunday ziddiyatlar afsuski, urush nishonasidir”,- deydi siysoiy tahlilchi Asadulla Nadim.

Suhbatdosh nazarida, hukumat tarqoqlik qonli voqealarga yetaklamasligi uchun zarur choralar ko’rishi kerak.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG