Muxolifatdagi “Erk” partiyasi lideri Muhammad Solih 1992- yilda prezident saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etgan. Islom Karimovning g‘alabasi bilan yakunlangan bu saylovlar ortidan muxolifatga nisbatan tazyiq avj olib, Muhammad Solih mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'lgan.