Breaking News

Amerika xotin-qizlari namoyishga chiqdi

Bugun AQShda xotin-qizlar har qachongidan faol, har jabhada. Lekin ish joyida ular hamon erkaklarga qaraganda kamroq topadi. Mehnat vazirligiga ko'ra, ayollar bir xil ish uchun erkaklardan 20 foiz past maosh oladi. Shuningdek, homilani oldirib tashlash huquqi ham ko'plab shtatlarda cheklangan va buni federal miqyosda qonunga aylantirish masalasi hamon muhokamada. Jinsiy bosim va tajovuz borasida ham bu yil ochiq muhokama boshlandi. Yirik shaharlarda namoyishga chiqqan ayollar mana shu masalalarga e'tibor qaratmoqda.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG