Breaking News

Afg'oniston bo'yicha muloqot - O'zbekiston diplomatiyasi uchun sinov


Kobul

Toshkent qo'shni davlatda tinchlikka erishish uchun muhim sahna bo'lmoqchi. Notinch mamlakat kelajagi bo’yicha xalqaro konferensiya yuzasidan bayonot tarqatgan Tashqi ishlar vazirligi yana bir tashabbus “Markaziy Osiyo + Afg’oniston” (C5+1) formatidagi yangi hamkorlik loyihasi yo’lga qo’yilgani haqida xabar bermoqda.

Toshkent Afg’oniston barqarorligi bo’yicha muloqot sahnasi bo'lmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:22 0:00

Ekspertlar nazarida, bu O’zbekiston diplomatiyasining geosiyosiy maydondagi dastlabki jiddiy yutug’i bo’lishi mumkin, agar samara bersa.

Afg’on hukumati va Tolibon o’rtasida shartsiz muloqot boshlashga qaratilgan konferensiyada prezidentlar Shavkat Mirziyoyev, Ashraf G’ani, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, 20 yaqin davlatdan Bosh diplomatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Mirziyoyevga maktub yo’llagan AQSh prezidenti Donald Tramp bu tashabbusni mutlaqo qo’llashini, ayni paytda konferensiya ishtirok etuvchi delegatsiya maqomi aniqlanayotganini bildirdi.

Toshkentda 26-27 mart kunlari kutilayotgan anjuman “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" deb nomlanadi.

Afg’oniston va mintaqa davlatlari o’rtasida tashkil qilinayotgan bu yangi muloqot shaklidan maqsad - notinch mamlakatning mintaqa iqtisodi, infratuzilmasi, shuningdek, boshqa yo’nalishlardagi jarayonlarga integratsiyasini tezlashtirish.

Fevral oxirida Afg’onistonda o’tgan “Kobul jarayoni” konferensiyasida Prezident G’ani Tolibon bilan muloqotga tayyorligi, ular siyosiy kuch sifatida tan olinishi mumkinligi haqida gapirdi.

Avvalroq fevral oyining oxirlarida afg’on hukumati va toliblar o’rtasida Toshkentda norasmiy muloqot o’tishi ehtimolligi haqida gapirilgan edi. Bu muloqot o’tganmi yoki yo’qmi noma’lum, ammo so’ngi vaziyatga ko’ra, afg’on delegatsiyasi Toshkentda bir necha bor muzokara o’tkazgan.

Afg`oniston bo’yicha konferensiya O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Afg’oniston bo’yicha maxsus elchi Ismatilla Ergashev zimmasidagi asosiy vazifa.

Mirziyoyevning mintaqa xavfsizligi va taraqqiyoti yuzasidan qabul qilgan strategiyasi amaliyoti uchun qo’shni Afg’onistonda barqarorlik qaror topishi o’ta muhim, shuningdek, tinch Afg’oniston mintaqa davlatlarini Hind ummoni, Fors ko’rfazi portlariga olib chiqishi ko'zlangan.

Rossiyalik ekspert Andrey Serenko tahlilicha:

“O’zbek diplomatiya san’ati bu jarayonda boricha o’zini ko’rsatishi shart, aks holda Afg`oniston masalasida ziddiyatda turgan tomonlarni bir bitimga keltirish juda qiyin vazifa. Bu borada O’zbekistonni bosh diplomati juda muvaffaqiyatli ishlayapti, ayniqsa, so’ngi paytda, nazarimda, u mintaqadagi eng faol diplomatga aylandi. Asosiy maqsad - Toshkent muloqotini tashkil etish uchun kelishuvga erishish. Deylik, Ostonadagi Suriya bo’yicha muloqot muqobiliga o’xshash, ammo bu konferensiya maqsadi va darajasi inobatga olinsa, uning miqyosi ancha kengligi ayonlashadi. O’zbek diplomatiyasining strategik maqsadlaridan biri albatta mintaqani Hind okeani va Eron portlariga olib chiqish. Chunki xolis qaralsa, Markaziy Osiyo rostdan jug’rofiy bir qurshovda qolgan".

O’zbekiston geosiyosiy tashabbuslar ko`rsata boshlashi ortidan mintaqada Afg`onistonga nisbatan ham yaxlit bir qarash shakllanayotgani kuzatiladi, jumladan, xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik sohasida ham.

“O’zbekiston, Qozog’iston mudofaa vazirlari yaqinda Afg`onistonda safarda bo`lib qaytishdi. Prezident Ashraf G’ani tomonidan qabul qilindi. Bunday safarlar oldin kuzatilmagan ham. Markaziy Osiyo Afg`onistonga nisbatan yagona bir siyosat shakllantirish hozirligini ko’rmoqda”, - deydi Serenko.

AQSh: Tolibon tinchlik xohlasa, muzokara qilamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:12 0:00

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini, Afg'oniston bo'yicha bosh diplomat Elis Uels yaqinda "Amerika Ovozi" bilan muloqotda shunday degan edi:

"Bu anjuman O’zbekiston uchun nihoyatda muhim. Bu davlat Afg’onistonda tinchlikka erishish yo’lida tarixiy rol o’ynab kelgan, mintaqada diplomatik kuchg a ega bo’lgan. Bu anjuman qaysidir jihatdan Toshkentning mana shu rolga qaytayotganini anglatadi... Ishonch bilan aytamanki, bu anjuman Tolibonga muzokara uchun yo’l hamon ochiq ekanini ko’rsatadi. Bu o’ta ahamiyatli signal. Urush va qon to’kishni to’xtatib, tinchlikda yashashni istagan toliblar bilan gaplashishga shaymiz. Terrorizmdan qaytib, Afg’oniston bosh qomusiga bosh egib, ozchilikdagi elatlar va xotin-qizlarning huquqlarini hurmat qilgan holda kun kechirishga tayyor bo’lsa, murosa yo’llari bor. Men bu lavozimda sakkiz oydan beri o’tirgan bo’lsam, bir narsani aniq aytishim mumkin: mintaqadagi har bir davlat, Qo’shma Shtatlar va Afg’oniston faqat tinchlik va barqarorlik istaydi. Tinchlik muzokaralari ish bersin, deydi".

Tolibon bu intervyuga munosabat bildirib, Vashington bilan yuzma-yuz muzokaraga tayyor ekanini bayon etgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG