Breaking News

Afg'oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo generallari Kobulda uchrashdi


Kobulda harbiy yetakchilar yig'ini
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

Afg'oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qo'mondonlarining Kobuldagi uchrashuvi Islomobodni terrorchi guruhlar bilan ishlash siyosatidan voz kechishga undashi kerak. Rasmiy Kobul shunday fikrda.

Ikki kunlik yig'in tafsilotlari hali aniq emas, ammo Afg'oniston Mudofaa vazirligiga ko'ra, unda, asosan, terrorizm va narkotraffikka qarshi kurash masalasi muhokama qilinadi. Ayni paytda rasmiylar Tolibon va Kobul o'rtasida bevosita muloqot bo'lgani haqidagi xabarlarni inkor etmoqda.

12-fevral kuni Kobulda Afg'oniston va Markaziy Osiyo davlatlari harbiylari o'rtasida anjuman boshlandi. Unda Pokiston harbiy shtabi rahbari general Qamar Javed Bajva ham ishtirok etmoqda.

Yig'in AQSh markaziy qo'mondonligi tashabbusi bilan tashlil etildi. Unda Pokiston, Afg'oniston va AQShdan tashqari O'zbekiston va Qozog'iston harbiylari ham qatnashyapti.

Kobul da'vosiga ko'ra, Pokiston terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda va yig'in ishtirokchilari uni bu ishni to'xtatishga chaqirishi kerak.

"Terrorizm va giyohvandlikka qarshi qo'shma bayonot qabul qilish masalasi ko'rildi. Agar tomonlar kelishsa va Pokiston muammoni global va mintaqaviy tahdid sifatida tan olsa va murosaga rozi bo'lsa, masala hal bo'ladi", - dedi Afg'oniston Mudofaa vazirligi so'zlovchisi Davlat Vaziriy.

Kuzatuvchilar fikricha, ushbu anjuman Kobul uchun terrorchilar va ularning himoyachilariga oid ma'lumtolarni taqdim etish uchun ayni muddao.

"Ular Pokistonda tayyorgarlikdan o'tgan barcha terrorchilarning nomlari va ro'yxatini stolga qo'yishlari kerak. Qatnashayotgan harbiy qo'mondonlarga faktlarni ko'rsatish, Pokistonning Afg'oniston va Markaziy Osiyodagi maqsadlarini muhokama qilish lozim", - deydi ekspert Atiqulloh Amarxel.

Bu orada Kobul Tolibon vakillari bilan yuzma-yuz muloqot bo'lgani haqidagi xabarlarni inkor etmoqda. Ayni paytda Oliy tinchlik kengashi guruh bilan aloqa o'rnatish harakatlarini davom ettirmoqda, dedi Afg'oniston Milliy xavfsizlik kengashi so'zlovchisi Qodir Shoh.

"Milliy Xavfsizlik kengashi Prezident idorasi rahnamoligida Oliy tinchlik kengashi ishlarini qo'llab-quvvatlaydi. Milliy xavfsizlik kengashi va Tolibon o'rtasida bevosita muloqot bo'lgani haqidagi "AP" xabarini keskin rad etaman", - dedi u.

Afg'oniston prezidenti idorasi chiqargan bayonotga ko'ra, Ashraf G'ani O'zbekiston va Qozog'iston bilan harbiy jabhada hamkorlikni kengaytirish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG