Breaking News

O'zbekiston-Afg'oniston: Tarixiy aloqalar tiklanmoqda


Toshkent, 5-dekabr, 2017
Toshkent, 5-dekabr, 2017

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga tashrif buyurgan Afg’oniston rahbari Ashraf G’ani bilan uchrashib, nozik masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi, deya bayonot berdi.

Afg'oniston, O'zbekiston yaqin hamkorlik sari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:20 0:00
O'zbekiston-Afg'oniston: Toshkent, 5-dekabr, 2017
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 1:27:11 0:00

O’zbek tili Afg’onistonning uchinchi rasmiy tili ekanini qayd etgan mehmon muzokaralarning tarixiy ahamiyatini ta’kidlagan. Ikki rahbar Afg’onistonda tinchlik va barqarorlik o’rnatilishi uchun umummilliy siyosiy muzokaralar zaruratini urg’ulagan.

Mirziyoyev va G’ani xavfsizlik, siyosiy munosabatlar, mintaqa va xalqaro maydondagi vaziyat, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish haqida gaplashgan. Hamkorlikka doir 20 dan ortiq hujjat imzolangan.

Mirziyoyevning ta’kidlashicha, u G’ani bilan barcha masalalarda, jumladan nozik siyosiy mavzularda ham kelishuvga erishgan. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish qarorida qat’iy, buning uchun imkoniyatlar bor; O’zbekiston Afgonistonda tinchlik qaror topishi uchun milliy yarash bo’yicha muzokaralar o’tkazish g’oyasini quvvatlaydi, dedi u.

Toshkent, 5-dekabr, 2017
Toshkent, 5-dekabr, 2017

“O’zbekiston Afg’onistonda barqarorlik o’rnatilishiga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi. Afg’oniston muammosini harbiy yo’l bilan hal etib bo’lmaydi. Bu o’lkada tinchlik va barqarorlik o’rnatilishi uchun siyosiy muzokaralar olib borish kerak, barcha jabhalarda, xavfsizligimiz bo’yicha ham kelishib oldik. Afg’onistonda donor davlatlar, BMT ishtirokida umummilliy yarashuvga erishish muhimdir. Biz mana shu muhimlikning barcha qirralarini janob prezident bilan muhokama qilib oldik. Biz Afg’oniston hukumatini mamlakatda tinchlik va barqarorlik o’rnatish, muzokarlar orqali umummilliy yarashuvga erishish, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashdagi harakatlarini to’la olqishlaymiz”, - dedi Mirziyoyev.

O’zbekiston rahbari Afg’oniston bilan uzilgan madaniy, tarixiy aloqalarni qayta tiklash ahamiyati, Afg’onistonning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarga qo'shilishi lozimligi haqida ham gapirdi.

“Birinchi galdagi vazifamiz Afg`onistonni mintaqadagi iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarga qo’shilishi uchun har tomonlama ko’mak ko’rsatishdan iboratdir. Bu jahon hamjamiyatining Afg’onistonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga uyg’un va hamohangdir”, - dedi O’zbekiston prezidenti.

Mirziyoyevga ko’ra, O’zbekiston afg`onistonliklarga o’zbek tilini o’rgatish, zarur kadrlar tayyorlab berishda yaqindan yordam bera boshlaydi.

“Afg`onistonliklar uchun o’zbek tilini o’rgatish, temiryo’l, energetika va boshqa soha mutaxassislarini yetkazib berish uchun Termizda ta’lim markazini ochdik, Afg`oniston fuqarolari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdik”.

Prezident Ashraf G’ani o’zbek tili Afg’onistonda uchinchi rasmiy til ekanini qayd etarkan, matbuot oldidagi o’z chiqishini o’zbek tilida boshladi, Hazrat Navoiydan iqtibos keltirdi:

“Ilk safar bu tinchlik safari, Afg`oniston xalqining samimiy salomi va yaxshi niyatlarini qabul qilgaysiz. Oxir yuz yil davomida aloqalarimiz biroz zaif bo`ldi, ammo ikki birodar xalqni qadimiy umumiy tarix, madaniyat, til boyligi bog`lab turadi. O’lkamiz Afg`onistonda o’zbek tili uchinchi rasmiy til bo`lgani uchun iftixor tuyamiz”, - dedi G’ani.

Afg'on rahbari o'zbekcha so'zladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:16 0:00

Toshkent, 5-dekabr, 2017
Toshkent, 5-dekabr, 2017

Tashrif davomida hukumatlararo va idoralararo 20 ga yaqin hujjat imzolangan, savdo va iqtisodiy sohada 500 million dollarlik shartnomalarga kelishilgan.

O’zbekiston Afg’onistonga elektr energiyasini yetkazib berish uchun Surxondaryoda yangi elektr uzatish liniyasi qurilishini boshlaydi. Shuningdek, Mozori Sharifdan Hirotgacha bo’lgan temiryo’l qurilishi ham o’zbekistonlik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston va Afg'oniston davlat chegarasidan o'tib-qaytish tartibi, Termizda Afg`oniston konsulligini ochish, Afg’oniston fuqarolariga O’zbekistonda tibbiy xizmat ko’rsatishga doir idoralararo hujjatlar imzolangan.

Prezident G’ani safari Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasini ham ziyorat qilib, Mustaqillik yodgorligi poyiga gulchambar qo’ygan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG