Breaking News

Afg’onistonda yangi siyosiy muxolifat tuzildi


Afg'onistonda yangi siyosiy blok

Afg'onistonda bir necha siyosiy partiya va jarayonlar ishtirokida Milliy Yirik Koalitsiya deb nomlangan siyosiy muxolifat tashkil topdi.

35 faol bu borada Kobulda e’lon qilar ekan, hukumatni adolatli ishlash va tiniq saylov o’tkazishga undadi.

Milliy Yirik Koalitsiyaga “Milliy Jamiyat”, “Milliy Junbish”, “Milliy Vahdat” kabi partiyalar kirgan.

“Biz bugun mana shunday yirik siyosiy kaolitsiyaga asos soldik. Bundan hech kim xavotir olmasligi kerak. Biz faqat kamchiliklarni to’ldirish uchun ishlaymiz”,- deydi koalitsiya rahbarlaridan biri Muhammad Muhaqqiq.

Yangi ittifoq a'zolari prezidentni hukumat harbiy kuchlaridan noto’g’ri foydalanayotganlikda ayblamoqda.

“Milliy Jamiyat” partiyasining ijrochi raisi general Ato Muhammad Nur hukumatni muammolarga birma-bir yechim topishga chorlamoda.

Prezident saroyi bayonot chiqarib, siyosiy muxolifat tashkil qilinganini olqishladi.

“Siyosiy partiya va jarayonlar “Milliy Reja”lar tatbiqi uchun muhim rol o’ynashi mumkin”,- deyiladi bayonotda.

Prezident Ashraf G'ani yaqin kunlarda koalitsiya vakillari bilan uchrashishi mumkin.

Yangi blok kelgusi prezident saylovida o’z nomzodini e’lon qilishi kutilmoqda.

Aytish joiz, 2014-yilgi saylov arafasida ham aynan general Abdul Rashid Do’stum, Ato Muhammad Nur, Muhammad Muhaqqiq yetakchiligida muxolifat kuch tashkil qilingan edi. Lekin saylov yaqinlashar ekan, bu siyosiy blok tarqab ketgan edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG