Breaking News

AQSh va Xitoy savdo urushiga chek qo'ymoqchi


AQSh va Xitoy rahbarlari "Katta yigirmalik" sammiti muzokaralarida, Argentina, 1-dekabr, 2018-yil.

Xitoy mahsulotlariga 90 kunlik imtiyozli davr mobaynida AQSh tarafidan yangi tariflar joriy qilinmaydigan bo’ldi. Ushbu vaqt ichida ikki tomon savdo munosabatlarini batafsil kelishib oladi.

Argentinada bo’lib o’tgan “Katta yigirmalik” sammiti doirasida muzokara olib borgan ikki davlat rahbarlari tobora kuchayib borayotgan savdo urushini nazorat qilish maqsadida vaqtinchalik kelishuvga erishgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ikki tomon barcha tariflarni olib tashlash bo’yicha ish olib borishga kelishib olgan.

“Amalda, ikki davlat rahbari erishgan kelishuv yangi tariflarni joriy qilishni to’xtatishni nazarda tutadi. Shunigdek, har ikki taraf shu paytga qadar joriy qilingan barcha tariflarni bekor qilish yuzasidan tegishli doiralarga ish olib borish vazifasini yuklagan. Kelishuv o’zaro manfaatlarga xizmat qiladigan va yo’qotishlarga sabab bo’lmaydigan shartlarga asoslanishi lozim”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Geng Shuan.

Argentinadan Amerikaga parvoz vaqtida jurnalistlar bilan suhbatlashar ekan, Prezident Tramp Xitoy bilan imzolanadigan bitim “eng yirik shartnoma sifatida tarixga kiradi” deb aytgan.

Oq uyning ma’lum qilishicha, Amerika prezidenti 200 milliard dollarlik Xitoy importiga belgilangan 10 foizlik tarifni saqlab qolish hamda 1-yanvardan boshlab joriy tarifni 25 foizga ko’tarish qarorini bekor qilishga rozi bo’lgan.

"Ikki davlatning savdo hajmiga doir muvozanatini izga solish maqsadida imzolanishi kutilayotgan shartlar asosida Xitoy AQShdan qishloq xo’jaligi, sanoat, energetika va boshqa mahsulotlarni sotib olishi kerak”, - deydi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG