Breaking News

Tramp ma'muriyati transgender harbiylar faoliyatini cheklamoqchi


Genderlar tengligi ligasi ijrochi direktori Denni Askini transgender harbiylarga o'rnatilgan taqiqqa qarshi norozilik bildirmoqda. Siettl, 27-mart, 2018

AQSh federal sudi transgender fuqarolarning harbiy sohaga ishga yoki xizmatga qabul qilinishiga chek qo’yish bo’yicha joriy etgan tartibi yuzasidan Prezident Tramp ma’muriyati foydasiga hukm chiqardi.

Unga ko'ra, quyi sudning Pentagonning transgender shaxslarni harbiy sohaga qabul qilaversin, degan hukmi noto’g’ri bo'lgan. Ikki yil oldingi hukmda harbiylarning konstitutsiyaviy huquqlari poymol qilinmasligi kerak, deya xulosa qilingan edi.

Biroq apellyatsiya sudi “ayrim transgender xizmatchilarni istisno tarzida qabul qilish mumkin" deya ma’lum qilgan. Bunday qaror “tegishli harbiy rasmiylarning professional muhokamasi asosida” chiqarilishi lozim.

Pentagon matbuot kotibi Jessika Maksvelning “Amerika Ovozi”ga ma’lum qilishicha, Mudofaa vazirligi sud qaroridan mamnun.

“Odatdagiday, biz barcha transgender shaxslarni hurmat qilamiz va teng munosabatda bo’lamiz”, - deydi Maksvel.

4-yanvar kuni chiqqan hukm Pentagonga bu tartibini zudlik bilan joriy qilishga izn bermaydi.

Tramp ma’muriyati Oliy sudga murojaat qilib, mazkur ishni ko’rib chiqishini so’ragan.

Maksvelning aytishicha, Mudofaa vazirligi ayni damda Adliya vazirligi bilan sud jarayonining navbatdagi bosqichi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Pentagon 2016-yilda Prezident Barak Obama davrida transgender harbiy xizmatchilarni sohaga qabul qilishga qo’yilgan taqiqni bekor qilgan edi. Biroq Prezident Tramp bu tartibni bekor qilib, transgender qo’shinlarga o’rnatilgan taqiqni qayta tikladi.

Ayrim sudlar Tramp ma’muriyati o’rnatgan cheklovga qarshi hukm chiqargan. Natijada mazkur tartibga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Yangi tahrirdagi tartibga ko’ra, transgender fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilish taqiqlanadi, biroq “o’z biologik jinsini saqlab qolgan” va “jinsini o’zgartirish rejasi bo’lmagan” shaxslar istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG