Breaking News

AQSh Venesuelada hokimiyat o'zgarishi tarafdori


AQSh Venesuelaga bosimni kuchaytirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:47 0:00

AQSh Venesuelaga bosimni kuchaytirdi

Venesuelaning amaldagi rahbari Nikolas Maduroga qarshi ichki va tashqi bosim kuchaygan. Mamlakatda avj olgan korrupsiya va qashshoqlik uchun Maduro bosh aybdor sifatida ko’rilmoqda. AQSh va qator davlatlar muxolifat lideri Xuan Guaydoni Venesuelaning qonuniy prezidenti sifatida tan oldi. Vashington Maduroga bosimni kuchaytirish maqsadida Venesuela davlat neft kompaniyasiga sanksiya joriy qildi.

Venesuelada siyosiy inqiroz. O’n minglab aholi Prezident Nikolas Maduroning iste’fosini talab qilmoqda. Vashington Venesuelaning tayanch sohasi - davlat neft kompaniyasiga sanksiya joriy qildi.

“Venesuela davlati tasarrufidagi neft monopoliyasiga qarshi sanksiya e’lon qilamiz. Biz Maduro va uning doirasidagi korrupsiyani fosh etishda davom etamiz. Venesuela xalqining mulkiga egalik qilishga u haqli emas”, - deydi Oq uyda Milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Jon Bolton.

Bolton Venesuela harbiylari va xavfsizlik kuchlarini tinch, demokratik va konstitutsion yo’l bilan hokimiyatni vaqtinchalik Prezident Xuan Guaydogao’tkazishni qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreaza AQShga taklif bilan chiqdi.

“Mamlakatlar o’rtasida tinchlik va ehtiromga erishish uchun kerak bo’lsa Prezident Tramp yoki iblis bilan uchrashishga ham tayyorman degan edi Maduro. Men bu o’rinda aslo Trampni iblis deb atamoqchi emasman”, - deydi Arreaza.

Tahlilchilarga ko’ra sanksiya Maduro hokimiyatiga jiddiy zarba bo’ladi.

“Sanksiyalar AQShning harbiy qudratidan tashqari yana bir kuchli quroli”, - deydi ekspert Maykl Shifter.

Venesuela neftiga bo’lgan ehtiyoj tufayli AQSh uzoq yillardan beri sanksiya joriy qilishdan tiyilib kelayotgan edi.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG