Breaking News

"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi hali ko'p ter to'kish kerak


"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda majburiy mehnat qachon yo'q bo'ladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:53 0:00

"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda majburiy mehnat qachon yo'q bo'ladi?

AQShda asoslangan xalqaro koalitsiya - "Paxta kampaniyasi (Cotton Campaign) bu hafta Vashingtonda O'zbekistonning yuqori darajali rasmiylari bilan uchrashmoqda. Respublikada majburiy mehnatga barham berish muhokamada. 10 yildan oshibdiki, o'nlab nohukumat tashkilotlar va bizneslarni birlashtirgan harakat O'zbekiston dalalarida odamlarning zo'rlab ishlatilishiga chek qo'yishga undab keladi. O'zbekiston hukumatiga ko'ra esa bu borada ildam qadamlar tashlanmoqda, Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda muammoga qarshi keskin kurash ketmoqda. Bolalar mehnatiga barham berildi, majburiy menhat bilan bog'liq hollar ham salmoqli ravishda kamaydi, deydi respublika rasmiylari. Bosh vazir o'rinbosari Tanzila Norboyeva va Bandlik va mehnat masalalari vaziri Sherzod Kudbiyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatlarda, shuningdek, xalqaro va mahalliy forumlarda masalani ochiq muhokama qilib, O'zbekiston hukumati va xalqi majburiy menhatdek illatdan butkul qutulishga bel bog'lagan, deya qayd etadi. Yaqinda Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qilgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder nazarida O'zbekiston yaqin kelajakda bu muammoni uzil-kesil hal etishga qodir. Biroq 2018-yilgi paxta terimi paytida ham minglab huquqbuzarlik hollari kuzatilgan va minglab odamlar dalaga majburan olib chiqilgan.

"Paxta kampaniyasi" yetakchilaridan Bennett Friman "Amerika Ovozi" bilan Samarqandda o'tgan forumda so'zlashar ekan, 2017-yildan beri ancha ijobiy o'zgarishlar bo'ldi, biroq hali ko'p ter to'kish kerak, deydi.

"Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda majburiy mehnatga qarshi hali ko'p kurashish kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:13 0:00
Progress, Not Success: Cotton Campaign Against Forced Labor in Uzbekistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:54 0:00

Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi, Samarqand, 22-noyabr, 2018

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekistonda nima o'zgardi? Hozirgi vaziyatni qanday baholaysiz?

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": O'zbekistonda o'tish davri. O'zbekiston qattiq repressiya va chuqur korrupsiyadan huquq hurmat qilinadigan, fuqaro jamiyatiga yo'l beradigan yangi bir tizimga aylanish uchun harakat boshlagandek. O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq masalalar bilan AQSh Davlat departamentida ishlab yurganimdan beri, 1990-yillar oxiridan tanishman. Hozirgi o'zgarishlarni ijobiy baholayman va ular davom etadi degan umiddaman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston rasmiylari va ularning xalqaro maydondagi hamkorlari mamlakatga nisbatan "progress" degan so'zni ko'p ishlatishmoqda. "Paxta kampaniyasi" vakillaridan ham eshitayapmiz.

Progress sezilarli lekin muvaffaqiyatga erishdik, ish bitdi, deyishga hali erta.

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": Yangi prezident sezilarli darajada o'zgarishlar qildi va salmoqli progressga guvohmiz. Ulkan o'zgarishlar qilamiz, deya va'dalar berildi. Albatta, qilinadigan ishlar talay. O'zbekiston o'tish davrining boshida. Real o'zgarishlar bo'lishi uchun vaqt kerak, mehnat qilish kerak. Chunki tizimdagi tub muammolar nafaqat mustaqillik yillariga, balki Sovet davriga borib taqaladi. Hozir O'zbekiston borasida hamma umidga to'la. Mana hozirgidek forumlar O'zbekistonda yangi davr boshlanganidan darak.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston hukumati majburiy mehnatga butkul chek qo'ymoqchi ekanini aytmoqda. "Paxta kampaniyasi"ning asosiy maqsadi ham shu. Bu borada qanday yutuqlarni ko'rayapsiz?

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": Progress sezilarli, lekin muvaffaqiyatga erishdik, ish bitdi, deyishga hali erta. Oldinga qadamlar asosan ikki yo'nalishda tashlandi. Birinchisi, bolalar mehnatiga barham berilgandek. Ikki yildan beri bu borada salmoqli ijobiy o'zgarishlarga guvohmiz. Ikkinchisi, 2017-yilda prezident majburiy mehnat muammosini ochiq tan olib chiqqani va uni yo'q qilishga so'z bergani juda quvonchli voqea bo'ldi va biz buni ulkan burilish sifatida ko'rdik.

O'tgan ikki yilda, aytganimdek, vaziyat ancha yaxshilandi, lekin majburiy mehnat ko'lami hamon juda keng. Nutqlar va farmonlar bilan uni yo'q qila olmaysiz. Tizim buzuq. 2018-yildagi paxta terimi paytida ham ijobiy o'zgarishlar sezdik va bu boradagi hisobotlarni izchillik bilan tahlil qilayapmiz. Xalqaro Mehnat Tashkiloti va O'zbekiston-Germaniya forumi jarayonni kuzatdi.

Ko'rayapmiz, qilinadigan ishlar hali juda ko'p. Uzoq yillar ketadi. O'zbekistonda bu muammodan qutulish uchun siyosiy iroda bor, fuqaro jamiyatiga yo'l berilmoqda va vaziyatni huquq himoyachilari kuzatmoqda, mas'uliyat bilan yondashiladi, huquqni va tartibni buzganlar jazolanadi, deya aytishayotganidan xursandmiz. Viloyatlarda va mahalliy hokimiyatlarda majburiy mehnatga qarshi harakat boshlangan bo'lsa, biz mamnunmiz.

O'zbekistonda bu muammodan qutulish uchun siyosiy iroda bor...

Sistemani tubdan o'zgartirish lozim. Kvota tizimini yo'q qilish kerak. Paxta sanoatini xususiylashtirish zarur. Mexanizatsiya - zamon talabi. Qishloq xo'jaligida paxtaga tayanishni kamaytirish kerak. Islohotlar samara bersa, O'zbekiston o'z xalqi va xalqaro hamjamiyat oldida iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha oyoqqa turib olgan davlat bo'ladi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Kecha Toshkentda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va Xalqaro Mehnat Tashkiloti forumida so'zladingiz. Bu ikki organni hamkor deb bilasizmi? Ularning bu jarayondagi rolini qanday ko'rasiz?

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": Xalqaro Mehnat Tashkiloti o'ta muhim rol o'ynaydi. "Paxta kampaniyasi" boshidanoq, 2008-yildan beri, O'zbekiston hukumatini bu organ bilan ishlashga undab kelar edi. Monitoring qilsin va uzoq muddatli reja asosida texnik yordam bersin, deb kelardik.

Shu bois Xalqaro Mehnat Tashkiloti O'zbekiston bilan yaqindan ishlayotgani bizni quvontiradi. Bu organ mehnat huquqlarini ta'minlashda, ularni targ'ib qilishda, vaziyatni kuzatib, xolis baho berishdek o'ziga xos vazifani bajaradi. Bu tashkilot hukumat, mehnatkashlar va kasaba uyushmalarini bir davraga olib keladi.

O'zbekistonda bu tashkilot katta sinovlar bilan yuzlashmoqda. Mamlakatda, real olib qaraganda, uyushish erkinligi yo'q. Mustaqil kasaba uyushmalari oyoqqa turishi kerak. Xalqaro Mehnat Tashkiloti huquq himoyachilari bilan ishlamoqda. Biz undan xolis ma'lumotlar, xolis hisobotlar, xolis vositachi sifatida faoliyat yuritishni kutamiz. Tahlil xolis bo'lsagina, islohotlar samara beradi va biz birga bu jarayonga hissa qo'sha olamiz. Bizning bu tashkilotga talabimiz shu - xolis bo'lish.

Mamlakatda, real olib qaraganda, uyushish erkinligi yo'q. Mustaqil kasaba uyushmalari oyoqqa turishi kerak.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": O'zbekiston hukumati bilan muloqot qildingiz. Rasmiylar bilan gaplashdingiz, xususan Bosh vazir o'rinbosari Tanzila Norboyeva bilan. Toshkentni nima qilishga undayapsiz?

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": O'zbekiston hukumati fuqaro jamiyati rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi lozim. Fuqaro jamiyatiga jiddiy qarash vaqti keldi. Huquq himoyachilari Toshkentdagi va mana hozirgi (Samarqanddagi) forumlarda qatnashyapti, davrada o'tiribdi. Ularga erkinlik bering. Fuqaro jamiyati qanot yozishi uchun vaqt kerak, ishlash kerak. Muhimi, buning uchun muhit mavjud bo'lsin. Faqat gap, va'da va bayonotlar bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.

Bilamiz, O'zbekiston hukumati majburiy mehnatga qarshi g'alaba qozondik, deya bong urishni xohlaydi. Shunday kunlar tezroq kelishini xohlaymiz. Lekin u nuqtaga yetish uchun qattiq ter to'kish kerak.

Bilamiz, O'zbekiston hukumati majburiy mehnatga qarshi g'alaba qozondik, deya bong urishni xohlaydi. Shunday kunlar tezroq kelishini xohlaymiz. Lekin u nuqtaga yetish uchun qattiq ter to'kish kerak. Tizimni tubdan yangilash kerak. Paxta sanoati va qishloq xo'jaligida ulkan o'zgarishlar qilish lozim. Buzuq tizimni 1-2 yilda tuzata olmaysiz.

Hukumat bu muammoga qarshi haqiqatdan ham qattiq bel bog'lagan bo'lsa, realistik yondashsa, majburiy mehnat balosidan rosti bilan qutulish mumkin. Qaytaraman, biz hozirgacha erishilgan yutuqlarni olqishlaymiz. Lekin O'zbekiston hukumati va Xalqaro Mehnat Tashkiloti birgalikda muammolarni birma-bir hal etish yo'lidan boradi, degan umiddamiz. Oldimizda to'siqlar juda ko'p.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Suhbat uchun rahmat!

Bennett Friman, "Paxta kampaniyasi": Bajonidil, sizga rahmat!

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG