Breaking News

Turkiyada saylovoldi kampaniya qizg‘in tus oldi


Turkiyada saylovoldi kampaniyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Joriy yilning 31-mart kuni Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Xuddi shu kuni tumanlar va shaharlar hokimlari, mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlar raislari saylanadi. Bu saylov siyosiy partiyalar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki har bir partiya tuman yoki shahar hokimining o‘z vakili bo‘lishini istaydi. Bu esa o‘z navbatida siyosiy partiya nufuzining ortishi demakdir.

Turkiyada saylov kampaniyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Saylovda 13 ta siyosiy partiya istirok etadi, lekin shulardan beshtasi eng yiriklari hisoblanadi: hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovda Milliyatchi harakat partiyasi bilan ittifoq tuzgan holda qatnashadi. Muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasi esa Milliyatchi partiyadan ajralib chiqqan Iyi partiya bilan birga kurash olib boradi. Xalqlarning demokratik partiyasi, odatdagidek, asosan kurd millatiga mansub saylovchilarning ovozlarini olishga harakat qilishi kutilmoqda.

Ayni paytda saylovoldi kampaniya qizg‘in tus olgan, saylovda esa albatta saylovchilarning fiki muhim.

"Avvalgi saylovlarda ham shaharda, ham tumanda Jumhuriyat xalq partiyasiga ovoz bergandim, lekin bu safar bu partiyaga ovoz berish borasida ikkilanib turibman. Bunga partiya ichidagi so‘nggi jarayonlar, nomzod tanlash bilan bog‘liq holatlar sabab bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, Adalot va taraqqiyot partiyasiga ovoz bermayman, oldin ham umuman bermaganman", - deydi saylovchilardan biri.

"Men umuman ovoz bermoqchi emasman, yurtimizdagi holatni ovoz berish orqali o‘zgartirib bo‘lishiga ishonmayman. Umuman tizimni o‘zgartirish kerak". - deydi boshqa bir fuqaro.

"Men Turkiya fuqarosi emasman, ozarboyjonlikman, shu yerda o‘qiyman, lekin fuqaro bo‘lganimda ovozimni Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliyatchi partiyadan tashkil topgan ittifoqqa bergan bo‘lardim. Chunki ulardan saylangan hokimlar yaxshi ishlarni qilayotganini ko‘ryapman', - deydi Turkiyada tahsil oluvchi xorijlik talaba.

Bir muddat Adolat va taraqqiyot partiyasi Yoshlar qanotida ishlagan Umar Ertug‘rul Ko‘sening aytishisha, mahalliy saylov shunisi bilan muhimki, hokimlikkia o‘z nomzodi saylanishiga erishgan partiya mamlakat boshqaruviga kelsa, qanday ishlashini ko‘rsatish uchun imkoniyatni qo‘lga kiritadi. U oxirgi 17 yilda Turkiyada hokimiyatni qo‘ldan boy bermay kelayotgan partiyasining yutug‘ini esa partiya yetakchisi - Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an nomi bilan bog‘laydi" - deydi u.

Saylovchilar orasida Erdog'anning tarafdorlari ko'p. Buning sababi esa 1994-yilda o‘sha paytdagi Rafoh partiyasidan nomzod bo‘lib, kutilmaganda Istanbul shahri hokimi etib saylanishiga borib taqaladi. Shahardagi o‘zgarishni ko‘rganlarning unga ishonchi ortgani aytiladi.

Boshqa partiyalar singari Adolat va taraqqiyot partiyasi ham mahalliy saylovni yirik shaharlardagi muvaffaqiyat bilan yakinlashni istaydi. Biroq Turkiyaning uchinchi yirik shahri hisoblanuvchi Izmirda shu paytgacha biror marta ham saylovda yutib chiqmagan. Umar Ertug‘rul Ko‘sening aytishicha, izmirliklar asossiz ravishda bu partiyaga shubha bilan qaraydi.

“Ular bir marta ishonch bildirsa, Izmir qanday o‘zgarishiga guvoh bo‘lishadi”, - deydi u.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG