Breaking News

AQSh Tayvan bilan aloqalarini kuchaytirmoqchi


Xitoy va Tayvan bayroqlari

AQSh-Xitoy diplomatik hujjatlarida Vashingtonning Tayvan bilan oliy darajali munosabatlar o’rnatishi taqiqlangan.

Prezident Donald Tramp hokimiyatga kelgan so’nggi ikki yilda AQSh-Tayvan norasmiy munosabatlari yangi bosqichga ko’tarildi. AQSh Kongressi, tahlil markazlari va siyosiy harakatlar bo’yicha qo’mitalar bunga zamin yaratdi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy AQShni shartnomalarga amal qilmayotganlikda ayblashi mumkin.

Xitoy 1940-yillarda bo’lib o’tgan fuqarolik urushi davrida o’z-o’zini boshqaradigan Tayvan ustidan nazorat o’rnatgan edi.

AQSh va Tayvan vakillari kongressmenlar bilan ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlash bo’yicha ish olib boradi.

“Men Kongressda Tayvan masalasiga befarq bo’lgan biror odamni uchratmaganman. Tayvanning o’z taqdirini mustaqil belgilash huquqi aloqalarni izga solish uchun asos bo’ladi. Poytaxt Vashingtonda esa ayni damda Xitoyga qarshi e’tirozlar har doimgidan ham kuchli”, - deydi Tayvan manfaatlarini himoya qiluvchi guruh ijrochi direktori Koen Blau.

“Tayvanning hukmron Demokratik progressiv partiyasi AQShda maxsus missiya faoliyatini yuritadi. Shuningdek, Formosan assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiladi. Boshqa ikki siyosiy harakat qo’mitalari zarur mablag’ jamg’arish va AQSh hukumati rasmiylarini jalb qilishga xizmat qiladi”, - deydi Chenchi Universitetining Xalqaro aloqalar kolleji dekani muovini Xuan Kvey-bo.

Faollar guruhi Kongress vakillari bilan yaqindan ishlaydi. Ular orasida Tayvanni Xitoydan afzal biladiganlar talaygina. Chunki Tayvan demokratik nuqtai nazardan AQShga yaqinroq.

Konservativ ijtimoiy siyosati bilan tanilgan Meros fondi Tayvanni yaqindan dastaklamoqda. Tahlil markazlari tadbirlarga nufuzli notiqlarni jalb qilib, erkinlik reytingi kabi tadqiqot ishlarini chop etmoqda.

Kongressmenlar uchun “Xitoy rivojlanishiga to’siq qo’yish masalasining samarali yechimi shu. AQSh rasmiylarining Tayvanga munosabati qanaqaligidan qat’i nazar, tarixiy dalillar Tayvanning Xitoyga nisbatan do’stona aloqada bo’lganini ko’rsatadi”, - deydi Xuan.

“AQShning kamida olti senatori va Vakillar palatasining bir qator nufuzli a’zolari AQSh-Tayvan munosabatlarini mustahkamlash uchun kurashmoqda. Jumladan, ular shu maqsadga qaratilgan qonunlarni qabul qilmoqda yoki qo’mitalarda qonun loyihalarini yoqlamoqda”, - deydi Blau.

Kongress o’tgan yili senator Marko Rubioning Tayvan bilan oliy darajadagi diplomatik aloqalarni kengaytirishga doir qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Senatning Sharqiy Osiyo bo’yicha quyi qo’mitasi raisi Kori Gardner ham muhim qonunning qabul qilinishga erishgan edi. Qonun AQShga Xitoy manfaatidan kelib chiqib, Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzgan davlatlar bilan munosabatlarni qisqartirish imkoniyatini bergan.

Vakillar palatasining Tayvan bo’yicha Kengashi boshqaruvchilaridan Stiv Shabo o’tgan hafta Pekinning Tayvanni nazorat qilishi tamoyillariga qarshi rezolyutsiyani taklif qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG