Breaking News

Afg'onistonliklar prezident saylovidan nimani kutmoqda?


Afg'onistonda prezidentlik saylovi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00

Tolibon xurujlarni yanada kuchaytirish haqida tahdid qilganiga qaramay, afg'onistonliklar mamlakatdagi prezidentlik saylovida faol qatnashish ahdida qat'iy.

Afg'onistonda xavfsizlik hanuz muammo. Shunga qaramay, prezidentlik saylovida to'qqiz yarim million fuqaro ovoz berishi kutilyapti.

Tolibon allaqachon bir qator saylov uchastkalarida yuz bergan xurujlar uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga oldi. Shu oy boshida Shimoliy Parvan viloyatida saylovchilar bilan uchrashgan Prezident Ashraf G'aniga ham hujum uyushtirildi. Unda 27 fuqaro halok bo'lgan, 42 kishi jarohatlangan.

Shunga qaramay, aholi orasida saylovdan umidlar katta.

"Ovoz beraman, chunki urush va tashvishlardan charchadik. Hayotimizni bunday davom ettira olmaymiz. Urush tugashini istaymiz", - deydi fuqarolardan biri.

Rasmiylar saylov tinch o'tishi uchun barcha choralar ko'rilganini aytmoqda. Saylov kuni mamlakat bo'ylab ovoz berish uchastkalarini qo'riqlashga 100 ming askar jalb etiladi.

"Xavfsizlik kuchlari, xususan, razvedka agentlari bu tarixiy voqeada ishtirok etadi va ular kelayotgan kunlar shay holatda turadi", - deydi Ichki ishlar vazirligi so'zlovchisi Narsat Rahimi.

Saylovchilarning umid qilishicha, ularning ovozi mamlakatning siyosiy kelajagini barqarorlashtirish uchun muhim.

"Ovozim mamlakatimizdagi vaziyatga ta'sir qilishini bilaman va kelajagimizni yaxshiroq qilish uchun barchamiz mas'ulmiz", - deydi saylovchilardan biri.

Lekin saylovning biror narsani o'zgartira olishiga shubha qilayotganlar ham oz emas.

"Saylovda ovoz bermasam kerak, chunki saylov institutlariga ishonchim qolmagan. Fuqaro sifatidagi ovozim hisobga olinishiga ishonmayman", - deydi kobullik fuqaro.

2001-yil Tolibon rejimi ag'darilgandan beri Afg'onistonda to'rtinchi marta prezidentlik saylovi o'tmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG