Breaking News

AQSh fermerlari Trampni qo'llashda davom etmoqda


AQSh fermerlari Tramp tarafida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00

AQSh fermerlari uchun xalqaro bozorga chiqish muhim. Navbatdagi prezidentlik saylovi yaqinlashar ekan, 2016-yil aksariyati Prezident Donald Trampga ovoz bergan bu qatlamning iqtisodiy ahvoli hozir yaxshi emas. Xarajatlar oshmoqda, foyda kamaygan; savdo kelajagi esa mavhum.

AQSh 2016-yil 11 mamlakat bilan imzolagan Trans-Tinch okeani hamkorlik kelishuvi AQSh fermerlari uchun xalqaro bozorni yanada kengaytirgan edi.

O'shanda prezidentlik uchun nomzod Donald Tramp, agar saylansa, bu kelishuvni bekor qilishini aytdi. Shunga qaramay, illinoyslik dehqon Vendel Shaumen uni qo'llab-quvvatladi.

2016-yildan beri AQSh nafaqat Trans-Tinch okeani hamkorlik bitimidan, balki 1994-yilgi Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvigan ham chiqdi. Ayni paytda Tramp ma'muriyati AQSh dehqonchilik mahsulotlarining eng katta xaridorlaridan biri bo'lgan Xitoy bilan savdo urushi olib boryapti. Vashington Xitoydan keladigan po'lat va alyuminiyga boj qo'yishi ortidan Xitoy AQSh soya va makkajo'xorilariga tarifni oshirdi.

Bu Shaumen ko'radigan foydaga ta'sir qildi, ammo Trampga bo'lgan ishonchiga emas.

"Boshqalarning takliflariga qaraganda, u hozir qilayotgan ishlarni qo'llab-quvvatlayman", - deydi Shaumen.

Dehqonning xavotiri shuki, demokrat prezident bo'lsa, atrof-muhit himoyasi uchun dehqonchilikka ta'sir qiladigan cheklovlar joriy qilinishi mumkin.

"Oq uyga respublikachi qaytganidan xursandman. Hozirgi ishlarimiz menga ma'qul", - deydi Tomas Titus.

"U to'g'ri qilyapti", - deydi yana bir dehqon.

"Xalqning aksariyati prezidenti qo'llaydi", - deydi Illinoys Fermerlar byurosi vakili Mark Gebhards.

Gebhardsning aytishicha, AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi tariflar zararini kamaytirish maqsadida dehqonlar uchun yordam dasturini e'lon qildi. Soliq to'lovchilar hisobidan 2018-yil 15 milliard, bu yil esa 16 milliard dollar shu maqsadda ishlatildi.

"Bizga ehson emas, savdo kerak, deb ko'p aytganmiz. Bizga yana xayriya qilishadi, degan umid bilan yashashni istamaymiz. Nafaqat Xitoy, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bilan tariflar masalasiga, balki boshqa barcha muammolarga so'nggi yechimni topishimiz kerak", - deydi u.

Ammo savdo bo'yicha yuz bergan muammolar Tramp tarafdorlarining ishonchiga putur yetkazmoqda.

"E'tibordan chetdagi shtatlarda nima bo'layotganini u yaxshi tushunmayapti. Qishloq xo'jaligi sektorida juda xavfli o'yin o'ynayapti", - deydi fermer Megan Dvayer

Jo'xoridan olinadigan etanolni ishlatgan neft kompaniyalariga imtiyoz berilishi hamda savdo bo'yicha mavjud og'ir vaziyat bois Dvayer endi tanlovini o'zgartirishi mumkin.

"Dehqonchilikka oid ba'zi fikrlari xunobimni oshirdi", - deydi u.

Kongressda Trampni impichment qilish bo'yicha tekshiruv ketmoqda. Fermerlar nashri sentabrda o'tkazgan ommaviy so'rovga ko'ra, AQSh dehqonlarining 76 foizi Trampni hanuz qo'llab-quvvatlaydi. Iyul oyida bu miqdor 79 foiz edi.

"Ko'ngli qolgan odamlar ko'p, lekin bu ko'plab fermerlar qanday tanlov qilishiga bog'liq. Tramp ularning ko'pini boy beradi, deb o'ylamayman", - deydi Vendel Shaumen.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG