Breaking News

2019-yil Afg'oniston ayollari uchun qanday kechdi?


Yil sarhisobi: Afg'oniston ayollari qay ahvolda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:39 0:00

2019-yil Afg’oniston ikki muhim voqeaga guvoh bo’ldi. Birinchisi – AQSh va Tolibon o’rtasida tinchlik kelishuviga erishish ehtimoli ortgan bo’lsa, ikkinchisi – mamlakatda prezidentlik saylovi o’tdi. Har ikki hodisa afg’onlarga, ayniqsa, ayollarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladi.

Tolibon ayollarga nisbatan keskin siyosati bilan tanilgan. 2001-yili ular hokimiyatdan ag’darilishi bilan Afg’oniston ayollariga erkinlik berildi.

Oradan 18 yil o’tib, 2020-yilda ham mamlakat Tolibon bilan olishmoqda. O’tgan yil boshida AQSh va Tolibon ilk bor tinchlik yo’lida to’g’ridan-to’g’ri muloqot boshladi.

AQSh qonunchilari Krissi Hulahan va Adam Shif fikricha, har qanday tinchlik muzokaralarida ayollar masalasi hisobga olinishi kerak.

“Afg’on ayollari va ularning sog’ligi, ta’limi uchun kurashayotganim sabablaridan biri shuki, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, tinchlik jarayonida ayollar ishtirok etishi uchun imkoniyat bo’lishi kerak”, - deydi qonunchi Hulahan.

“Bunday qarorlarni berishda Afg’oniston hukumati delegatsiyasi tarkibida ayollar ham bo’lishi kerak va shundan so’ng ayollar va qizlar huquqlari hurmat qilinayotganiga ishonaman”, - deydi qonunchi Adam Shif.

Afg’onistonlik siyosatchi Favzia Kufi nazarida, muzokara boshlashdan oldin Tolibonning kimligini unutmaslik lozim.

“Tolibon mutlaqo o’zgargan deb hukm chiqarishga hali erta. Tolibon hanuz Afg’oniston ichida urushayotganini ko’ryapmiz. Ayollar ta’limi va huquqlariga qarshi chiqqaniga guvoh bo’lganmiz”, - deydi u.

2019-yil Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani Tolibon bilan muloqotning chegaralarini aniqlash maqsadida 3000 kishilik maslahat kengashini yig’di. Delegatlarning 30 foizi ayollar.

“Agar ayollar ovozini ko’tarmasa, tinchlik uchun o’z takliflari va rejalarini olg’a surmasa, hech kim ularni himoya qilmaydi”, - deydi kengash a’zosi Nazifa Vakiliy.

Farahnaz Forotan kabi faollar Tolibon bilan muzokaralarning qanday kechishidan xavotirda. Ular ayollar huquqi himoyasi uchun ijtimoiy tarmoqlarda kampaniya boshladi.

“2019-yil AQSh va Tolibon o’rtasida boshlangan muzokaralar ortidan barqaror tinchlik o’rnatish uchun kurashyapmiz. Tinchlik Afg’onistonning barcha aholisi uchun bo’lishi kerak, faqat ayrimlar uchun emas va bu doimiy bo’lishi lozim”, - deydi Farahnaz.

2019-yil, asosan, Tolibon bilan tinchlik muloqotining boshlanishi bilan yodda qolgan bo’lsa-da, unda ayollarning faollashishi ham kuzatildi. Prezidentlik saylovida ovoz bergan ikki milliondan ortiq saylovchining 31 foizini ayollar tashkil etdi.

“Yosh ayollar saylovda qatnashishi kerak, chunki biz kelajagimiz uchun qattiq ishlashimiz kerak”, - deydi Maryam ismli ayol.

Osiyo jamg’armasi o’tkazgan so’rovga ko’ra, afg’onistonliklarning 86 foizi ayollarning ta’lim olishini yoqlaydi. Shuningdek, ularning 76 foizi ayollarning uydan tashqarida ishlashiga qarshi emas.

Ammo o’tgan yili ayollarga nisbatan sodir etilgan zo’ravonlik holatlari bir foizga oshgan. Ayollar masalasi vaziri o’rinbosari Spojmay Vardakning aytishicha, buning sabablaridan biri mamlakat bo’ylab ayollarga o’z huquqlari haqida o’rgatish kuchaygani bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ya’ni zulmga uchragan ayollar orasida huquqiy yordam istaganlar soni oshgan.

“2019-yil vazirligimiz rasmiylari 224 ta tumanga bordi. Katta shaharlardan ko’ra tumanlarga ko’proq e’tibor qaratdik va asosiy dasturlarimizdan biri ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish bo’ldi”, - dedi Vardak.

Hukumatdagi muhim lavozimlarning 28 foizini bugun ayollar egallagan.

“Ayollarning xalq xizmatiga hissasi ko’paydi. Bu yil ularning ishtiroki 28 foizdan oshishiga ishonamiz. O’tgan yili 27 foiz edi”, - deydi ma’muriy islohotlar bo’yicha komissiya vakili Ahmad Nodir Nodiriy.

Tolibonning qaytishi millionlab afg’on ayollari uchun xavotir manbai bo’lib qolayotgan bo’lsa-da, ayollarning jamiyatdagi ishtirokini qo’llayotganlar soni yildan yilga oshib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG