Breaking News

O'zbekistonda koronavirus: xalqdan vahimaga berilmaslik so'ralmoqda


Bosh vazir Abdulla Aripovga ko'ra, O'zbekistonda narx-navo asossiz oshishiga yo'l qo'yilmaydi

O’zbekistonda Fransiyadan qaytgan kishida koronavirus aniqlangan. 15-mart kuni Virusologiya instituti bu borada ma’lum qildi. Dunyo bo’ylab pandemiya vahimasi hukm surar ekan, bu tasdiq - respublikada rasman qayd etilgan ilk holat. Hozirgacha Markaziy Osiyoda koronavirusga chalinganlar Qozog’iston va O’zbekistonda, rasman.

Bemor 11-mart kuni qaytgan va aeroportda tekshirilganida biror alomat sezilmagan. Lekin ikki kun ichida mazasi bo'lmay, ko'rikdan o'tgan. Virusni yuqtirgan shaxs - ayol kishi, tibbiy mutaxassis.

Uning yaqinlari, u bilan Fransiyadan uchib kelganlar va u bilan aloqada bo'lganlar, qariyb 150 nafar odam izolyatsiyada. Bemor, muolajada, deydi rasmiylar.

O'zbekistonda hukumat xalqni vahimaga berilmaslikka undab, kasallikdan saqlanish uchun shaxsiy choralar ko'rishga chaqirmoqda, ya'ni gavjum joylarga bormaslik, gigiyena qoidalariga rioya qilish va davlat berayotgan axborotga tayangan holda harakat qilish.

Lekin rasmiy ma'lumotlarga ishonch past ekan, odamlar ijtimoiy tarmoqlar va boshqalardan eshitganlariga quloq tutadi. Shu bois Telegramda Koronavirus Info degan kanal ishga solinib, axborot uchun mas'ul idoralar va tashkilotlar omma orasida mana shu manbani targ'ib qilmoqda.

Bosh vazir Abdulla Aripovga ko'ra, O'zbekistonda narx-navo asossiz oshishiga yo'l qo'yilmaydi.

16-martdan binoan O'zbekiston tashqi dunyo bilan transport aloqalarini to'xtatadi. Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, xorijdagi fuqarolarga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

Shu bilan birga, deyiladi rasmiy bayonotda, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mamlakat bo'ylab, majlislar cheklanadi. Ommaviy marosimlar, jumladan Navro'z tadbirlari bekor qilinadi. Maktablar, o'rta va oliy ta'lim maskanlari yopiladi va o'quvchi va talabalarga onlayn-video darslar o'tish yo'lga qo'yiladi.

Bosh vazirning aytishicha, to'ylarga cheklov yo'q, lekin ular ham qatnashayotgan odamlar osh berilganida 250 dan oshmasligi kerak. Qishloq to'ylarida 300 nafargacha odam ishtirok etishi uchun ruxsat bor.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi hamma karantin va cheklov shartlariga rioya qilishga majbur deya, qoidani buzganlar, ma'lumot yashirganlar, mish-mish tarqatganlarga nisbatan chora ko'rilishini eslatmoqda.

Hozirda, mutaxassislarga ko'ra, koronavirus pandemiyasi markazi Yevropa davlatlaridir. Dunyo bo'ylab 162 mingdan oshiq odam yuqtirgan. 6000 dan oshig'i o'lgan. 76 mingdan ziyodi tuzalgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG