Breaking News

Koronavirus: mehnat muhojirlari koronavirusdan himoyalanganmi?


Koronavirus: muhojirlarning ahvoli qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Xorijdagi mehnat muhojirlari koronavirus pandemiyasi davrida eng ojiz va yordamga eng muhtoj qatlamga aylanishi haqida xavotirlar mavjud.

O’zbekiston misolida ular soni birgina Rossiyaning o’zida ikki milliondan ortiq ekani aytiladi. Rossiyadagi o’zbekistonlik muhojirlar orasida koronavirus qayd etilgani haqida ma’lumotlar yo’q.

Pandemiya boshlangandan beri Rossiyada ham bizneslar o'z faoliyatini to'xtatgan. Mehnat muhojirlari bilan bog'liq vaziyat og’irlashar ekan, O’zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi muhojirlarga yordam ko’rsatish istagidagi ko’ngillilar uchun maxsus hisob raqamlari ochilganini e’lon qildi.

Koronavirus dunyo bo’ylab avj olishi ortidan o’zbekistonlik muhojirlarning bir necha mingi qiyinchiliklar bilan bo’lsa-da, O’zbekistonga qaytishga muvaffaq bo’lgan.

Dastlab charter reyslar orqali qaytish istagidagi vatandoshlarni mamlakatga olib kelish qarorini ma’lum qilgan hukumat keyinchalik charter reyslarini bekor qildi, 20- aprelga qadar mamlakat aeroportlari yopilishini e’lon qildi.

Ayni paytda muhojirlikda qolayotganlar, shuningdek, Rossiyadagi o’zbekistonliklar soni bir necha milliondan oshiq.

Virus Rossiyada ham avj olishi, karantin choralarining joriy etilishi muhojirlar mehnatiga talabni susaytirgan, aksariyat muhojirlar ishsiz qolayotgani xabar qilinmoqda.

Rossiyada karantin choralari qachon yakunlanishi noma’lum, bu oylik yoki kunlik ish haqiga qarab qolgan mamlakatdagi millionlab mehnat muhojirlarining ertasi qanday bo’lishi ham mavhum.

Mutaxassislar, faollar muhojirlar uchun xavf yuqoriligini nafaqat ishsizlik, balki ularning yotoqxonalarda, kvartiralarda ko'pchilik bo'lib yashashga majburligi bilan ham bog’lamoqda.

Bu virus aniqlangan taqdirda kasallik muhojirlar orasida tez sur'atlarda tarqashiga sabab bo’lishi mumkin.

O’zbekiston hukumati Rossiayada qolayotgan ikki million atrofidagi muhojirlar taqdiriga befarq deb bo’lmaydi.

Koronavirus tahdidi kuchayar ekan, hukumat xorijdagi fuqarolardan jiddiy sabablarsiz vatanga qaytish qarorini kechiktirib turishni so’radi; minglab fuqarolar, jumladan, mehnat muhojirlari bu tavsiyani qabul qilib, xorijda qoldi.

Hukumat xorijdagi milliondan oshiq fuqarolarga doir favqulodda vaziyat yuzaga chiqqanda qanday rejalar ko’rishi noma’lum.

O’zbekiston elchixonasi Rossiyadagi muhojirlarga yordam ko’rsatish uchun maxsus hisob raqamlari ochayotgani hukumat bu borada jamoatchilik ko’magiga ham suyanishni maqsad qilayotganidan darak beradi.

So’nggi ma’lumotlarda Rossiya bo’ylab virus yuqtirgan aholi soni 7 ming atrofida ko’rsatiladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG