Breaking News

AQSh dunyo xavfsizligiga qanday hissa qo'shadi?


Portlovchi minalar

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

AQSh dunyo bo’ylab minalar, portlamay qolgan snaryadlar va xavfli qurol-aslahalarni zararsizlantirishga eng ko’p mablag’ ajratadigan mamlakatdir. Vashington 1993-yildan buyon dunyoning yuzdan ziyod mamlakatlarida ana shunday operatsiyalarni moliyalash uchun 3,7 milliard dollardan ziyod pul sarflagan.

Davlat departamenti “Dunyo bo’ylab xavfsiz qadamlar” nomli yillik hisobotini chop etdi. Unda AQShning portlovchi qurollarni zararsizlantirish dasturlari, urush va nizolardan keyingi jamiyatlarning qayta tiklanishi va taraqqiyotiga ko’maklashish bo’yicha tashabuslari yoritilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, AQSh 2019-yilda Kolumbiyada urushdan qolgan minalarni aniqlash, zararsizlantirish va davlatning maxsus boshqarmasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun 24 milliondan ziyod mablag’ ajratgan. Vashington, shuningdek, qit’ada Markaziy Amerika davlatlari va Peruda ham shunday dasturlarni joriy qilgan.

AQSh o’tgan yili Iroq hududidagi minalar va qo’lbola portlovchi qurollarni yo’q qilish, aholiga mina va snaryadlardan himoyalanish kurslarini tashkil etish uchun 37,5 million dollar sarfladi. Ushbu tashabbus boshqa hududlarga qochishga majbur bo’lgan aholining ortga xavfsiz qaytib kelishiga zamin yaratdi. Ular orasida IShID zulmiga uchragan etnik guruhlar va diniy ozchilikni tashkil etuvchi qatlamlar ham bor.

AQSh 1993-yildan buyon Vyetnam hududini minalardan tozalash, aholini portlovchi qurollardan himoylanishga o’rgatish va portlashlardan omon qolganlarga ko’maklashish ishlariga 148 million dollardan ziyod mablag’ kiritgan. Natijada, barcha xavfli hududlar tozalanib, fuqarolarning erkin harakatlanishi va istiqomat qilishi uchun sharoit yaratilgan.

“2019-yilda Vyetnamda 106 million kvadrat metr yer qishloq xo’jaligi va iqtisodiy ekspluatatsiya uchun tiklandi. Xavfsizlik bilan birga mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun zamin yaratildi”, - deydi Siyosiy-harbiy aloqalar byurosi rahbari o’rinbosari Klark Kuper.

AQSh potlovchi qurollarni yo’q qilish bo’yicha 2003-yildan buyon qator mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib keladi. Shu kunga qadar amalga oshirilgan qo’shma operatsiyalarda 41 mingdan ziyod ana shunday qurollar zararsizlantirilgan. Ular orasida dunyo aviatsiyasiga tahdid sanalgan qurollar ham mavjud.

AQSh ittifoqchi mamlakatlar bilan birga tahdidlardan holi, barqaror va farovon hayot uchun kurashishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG