Breaking News

So'z erkinligi: AQSh Kubani qanday baholaydi?


Qo'lbola niqob sotuvchi Andres Ximenez qizaloqqa yordamlashmoqda. Gavana, Kuba, 31-mart, 2020.

Kubaning kommunistik hukumati jurnalistlarni hibsga olish, ta’qib qilish, qo’rqitish, ularning oila a’zolariga bosim o’tkazishda davom etmoqda. Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi Kubani dunyoda so’z erkinligi eng beayov toptalayotgan mamlakatlar o’ntaligiga kiritgan.

COVID-19 pandemiyasi davrida Kuba matbuotni kuchliroq jilovlashga urinmoqda. Mustaqil axborot tarqatish yanada murakkab va xavfli faoliyatga aylangan. Jurnalistlarga internet tarmog’ida chop etgan materiali uchun 370-qaror asosida chora ko’rilmoqda. 2019-yilning may oyida kuchga kirgan ushbu qarorga muvofiq, “ijtimoiy manfaatlar, ma’naviyat, ezgulik va xalq birdamligiga zid axborot”ni ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalarda tarqatish taqiqlangan.

“CubaNet” sayti direktori Xugo Landaning aytishicha, global pandemiya davrida kamida yetti nafar faol va jurnalist jarimaga tortilgan. Xususan, sayt muxbiri Kamila Akostaga “Facebook” sahifasida koronavirus haqidagi ma’lumotni chop etgani uchun chora ko’rilgan. 3000 pesolik (120 dollar) jarimadan tashqari Akostaning mobil telefoni ham musodara qilingan. “Marti” radiosi bilan suhbatda jurnalist hibsga olinishi mumkinligidan xavotirda ekanini aytgan.

Koronavirus mahbuslar orasida ham tarqalar ekan, panjara ortidagi jurnalistlar ham xavf ostida qolmoqda. Ular orasida advokat va jurnalist Roberto Kinyones ham bor. U sud jarayonini yoritishi ortidan tartiblarga “rioya qilmaganlik” va “qarshilik ko’rsatganlik”da ayblangan. Jarima to’lashdan bosh tortgan va hibsga olingan. Belgilangan bir yillik qamoq jazosining katta qismini o’tab bo’ldi. Biroq jurnalistning salomatligi yomonlashgan.

Kuba qamoqxonalarida izolyatsiya, ijtimoiy masofa saqlash va karantinning boshqa tartiblariga amal qilishning imkoni yo’q. Kinyones kabi salomatligi zaiflashgan jurnalist mahbuslarga virus yuqish ehtimoli katta, deydi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi vakili Natali Sautvik.

AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID Kubaning ommaviy axborot vositalariga qarshi zulmkor siyosatini keskin qoralaydi, deydi tashkilotning ijrochi direktori Jon Barsa. AQSh, ayniqsa pandemiya sharoitida, o’z hayotini xavf ostiga qo’yib, ishonchli axborot tarqatayotgan Kuba jurnalistlariga minnatdorchilik bildiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG