Breaking News

O'zbekistonning navbatdagi saylovida muxolifat qatnashadimi?


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O’zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirishga doir prezident farmoni loyihasi hukumat portalida muhokama qo’yilgan. Farmondagi o’zgarishlardan biri saylov muddatini dekabrdan mart oyiga ko’chirish. Loyiha shu holatda tasdiqlansa, prezidentlik va parlament saylovlari ham 2021-yil dekabr oyida emas, 2022-yil mart oyida o’tishi mumkin.

Yangi farmon O’zbekistondagi saylovlarni demokratlashtirishiga shubha kuchli. Saylovlar farmon, qarorlar bilan emas, siyosiy maydon ochiqligi, mustaqil, muxolif kuchlar ishtiroki bilan demokratlashishi anchadan buyon ta’kidlab kelinadi.

Prezident Mirziyoyev boshqaruvida kutilayotgan navbatdagi saylovlar bu vaziyatda o‘zgarish qilishi mumkinmi? Xorijdagi muxolifatni rad etgan hukumat mamlakat ichkarisida shakllangan muxolafatga imkoniyat berishi mumkin, deydi ba'zi kuzatuvchilar. Shunday ekan, yangi saylovlargacha O’zbekiston ichkarisida mustaqil, muxolif siyosiy kuch paydo bo’ladimi?

Shvetsiyada yashayotgan muxolifatchi Hazratqul Xudoyberdi O’zbekiston ichkarisidan muxolif harakat tashkil etish yuzasidan tashabbus yuritib kelayotgan faollardan.

Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, mamlakatda yangi yetakchilar, siyosiy qarashlari ancha mustaqil bir qatlam yuz ko’rsatmoqda. Bu qatlam shakllangan taqdirda kutilayotgan saylovlarning raqobatli bo’lishiga umid qilish mumkin, deydi u.

Muloqotni quyida tomosha qiling.

O'zbekistonda muxolifat shakllanishi mumkinmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:04 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG