Breaking News

Yosh amerikaliklar orasida partiyasiz saylovchilar ko'paymoqda


Amerika Qo'shma Shtatlarida ko'pchilik saylovchilar o’zini yo demokrat yoki respublikachi deb atasa-da, yoshlar orasida o’zini mustaqil, ya’ni hech bir partiyaga mansub emas deb hisoblovchilar soni ortib bormoqda.

"Shaxsan men hech qachon biron-bir partiya mening manfaatlarimni ifoda etayotganini his qilmaganman", - deydi mustaqil saylovchi sifatida ro’yxatdan o’tgan Ellen Murhaus.

30 yoshli Murhaus korrupsiyaga qarshi kurashuvchi “RepresentUs” huquqiy tashkilotining kommunikatsiya bo’yicha direktori o’rinbosari. 2020-yil bahorida o’tkazilgan Garvard yoshlar so'roviga ko'ra, 30 yoshgacha bo'lgan amerikaliklarning o'ttiz besh foizi mustaqil yoki hech bir partiyaga mansub emas.

Saylov jarayonini isloh qilish va mustaqil saylovchilarni birlashtirish maqsadida turli tashkilotlar tuzilgan. “Mustaqil ovoz berish” harakati ulardan biri. Guruh ilk tashkil etilgan 90-yillarda muqobil partiyalarga e’tibor qaratgan bo’lsa, hozir missiyasi o’zgargan.

"Biz e’tiborimizni partiya qurish harakatidan saylovchilar ovozini kuchaytirishga o’zgartirdik", - dedi tashkilot prezidenti Jekki Salit.

Uning aytishicha, mustaqil saylovchilar “partiyaga emas, shaxsga ovoz berishni” xohlaydi.

"Ular mafkuraga emas, balki muammoga e’tibor qaratishadi", - deya qo’shimcha qiladi Salit.

2018-yil Tufts universiteti o’tkazgan so’rovga ko’ra, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan saylovchilarning 56 foizi o’zini respublikachi yoki demokrat deb hisoblaydi.

Murhaus Massachusets shtatida konservativ respublikachilar oilasida o'sgan. Uning so'zlariga ko'ra, unga hukumat imkon qadar cheklangan darajada bo’lishi kerak, deb o’rgatishgan, ammo “yotoqxonadan hukumatni surib chiqarish” istagi siyosiy qarashlarini savol ostiga olishga undadi.

"Agar biz ozodlik va tanlov haqida gapiradigan bo'lsak, unda bilasizmi, qurolga ega bo'lish sizning ixtiyoringiz va abort qilish ham mening tanlovim, - deydi Murhaus. - Muammolar qanday qarama-qarshi bo'lmasin, uning asl yuragi bu ozodlikdir va siz qaysi tanlovni tanlash to'g'ri emasligini tanlay olmaysiz".

Mustaqil saylovchi Korli demokratlar oilasidan. Uning aytishicha, bir necha yil oldin u do’stlari bilan siyosiy mashq o’tkazganda, demokratlardan ko’ra respublikachilarga yaqin ekani aniqlangan.

Korli uyiga borib, ota-onasi bilan ham xuddi shu mashg'ulotni o'tkazdi. Yana natija kutilmagan chiqdi.

“Ona, siz respublikachisiz, lekin demokratga ovoz berasiz, dedim onamga”, - deydi u.

Pyu tadqiqotlariga ko'ra, 81 foiz mustaqil saylovchilar saylovda baribir ikkita asosiy partiyadan biriga ovoz beradi.

2018-yilgi CIRCLE tadqiqotidan olingan ma'lumotlarning ko’rsatishicha, yosh mustaqil ovoz beruvchilarning aksariyati demokrat nomzodni yoqlaydi.

"Garchi men har doim o'z saylov uchastkamga kirib, demokrat nomzodni tanlasam ham, mustaqil saylovchi sifatida ro'yxatdan o'tish orqali Demokratik partiya meni (va ko'p yosh saylovchilarni) ifoda etmasligini bildiraman” - deydi Shimoliy Karolinadagi Appalachian universiteti talabasi Kouplend.

Ovoz berish huquqlarini himoya qiluvchi guruhlarning ta'kidlashicha, partiya doirasida nomzodlarni saralash uchun o’tkaziladigan saylovlarda mustaqil saylovchilaring qatnashishiga yo’l qo’ymaslik fuqarolar ovozini o’chirish bilan barobar.

“Konstitutsiya bizga ovoz berish huquqini beradi. Bu faqat siz partiyada ro'yxatdan o'tganingizdagina ovoz berish huquqiga ega bo’lishingizni anglatmaydi", - deydi Nyu-Jersidan mustaqil saylovchi Xavier Lukyu.

Lukyu kabi ko'plab mustaqil saylovchilarga ko’ra, ular qo’llab-quvvatlagan demokrat Berni Sandersning ikki barobar prezidentlik nomzodini qo’lga kirita olmasligining sababi shunda.

Sanders saylov kampaniyasi davrida 30 yoshgacha bo’lgan amerikaliklar orasida mashhur bo’lgan ko’plab mavzularga e’tibor qaratdi.

“Barcha uchun bepul tibbiy sug’urta, barchani minimum ish haqi bilan ta’minlash, oidamlar uyidan ajrab qolmasligi uchun ijara va ipoteka tizimini isloh qilish kabi masalalar shular jumlasidan”, - deydi Lukyu.

"Men yoshman, o’qishdan katta qarzim bor", - deydi Murhaus.

"Politsiya va ta’lim olish islohoti men uchun muhim", - deydi Kouplend.

Bu yoshlarning barchasi bir masalada yakdil: saylov tizimi isloh qilinishi kerak.

"Biz mustaqil ekanligimizni his qilamiz, lekin yirik partiyalarning ikkalasi ham bizning manfaatlarimizga yoki bizning kelajagimizga mos kelmaydi. Qanday qilib biz buni tuzatishimiz mumkin? Davlat xizmatchilari va saylangan amaldorlar bizni namoyon qila olishi uchun nima qilishimiz kerak? ” – deya savolga tutadi Murhaus.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG