Breaking News

AQShdagi vatandoshlar va muhojirlar Belarusga hamdard


Nyu-York ko'chalarida
Nyu-York ko'chalarida

Nyu-Yorkda 15-avgust kuni BMT bosh qarorgohi oldida mingdan ortiq odam yig’ildi. Namoyishchilar Belarus xalqiga hamdard ekanini bildirdi. Ular nafaqat bu davlatda kelgan immigrantlar balki butun sobiq ittifoqdan.

“Biz ham qachondir bu kun kelishidan umidsizlanib qolgandik. Shu o’rinda [Andrey] Saxarovdan bir iqtibos keltirsam. U shunday degandi: “Men qachonlardir SSSR tarqalib ketishiga ishonmayman, ammo umid qilaman!” Men endi ishonchga to’laman", - deydi namoyishda qatnashgan katta yoshdagi ayol kishi.

"Zero, Belorussiyada bugungidek birdamlik hech qachon bo’lmagan. Men yana bir gapni eshitdim: “Barchamizning nihoyat yig’ilganimiz uchun Lukashenkoga rahmat! Uning o’ziga esa xayr!”

Ota-onasi bilan namoyishga kelgan bolakaylardan biri:

“Belorussiyada bir kishi 26 yil davomida prezident bo’lishi bu yaxshi emas! Biz prezidentni albatta almashtirishimiz va zo’ravonlikka chek qo’yishimiz kerak”.

Ko’ziga yosh olgan namoyishchi ayollardan biri:

“Biz g’alaba qilamiz! Men bunga ishonaman! O’tgan yili [Kastus] Kalinovskiyning qabrini topganlari bir belgidek ekan. Ishonaman, biz buning uddasidan chiqamiz!”

Belorussiyadagi saylovlar natijalaridan norozilar va Prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi o’tkazilayotgan namoyishlar qatnashchilariga birdamlik ko’rsatishni ko’zlagan bu aksiyani Natalya Popchanka tashkil etdi.

12 yildan buyon Qo’shma Shtatlarda yashayotgan immigrant uning “Facebook”dagi chaqirig’i minglab odamni to’planishini xayoliga ham keltirmagan.

“Men sizga bir gap aytmoqchiman. Kimdir menga bir hafta oldin mana shunday namoyishni tashkil etib shuncha odamni yig’aolasan deb aytsa aslo ishonmasdim”, - deydi Natalya.

Namoyish - sobiq sovet respublikalaridan chiqqanlarning so’nggi vaqtlarda AQShdagi eng yirik siyosiy chiqishi, deb e’tirof etishyapti.


“Bizning ikkita maqsadimiz bor. Birinchidan, biz xalqaro tashkilotlar e’tiborini bo’layotgan voqealarga qaratmoqchi. Biz mana bunday tashabbus bilan chiqdik. Mazkur suratlar tagida BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari deklaratsiyasi”dan namunalar keltirilgan. Har bir inson hur tug’iladi, har bir inson saylash huquqiga ega, u ana shunday huquqlar bilan dunyoga keladi. Har bir inson adolatli saylovlarga haqli. Har bir inson adolatli mahkamaga haqli. Hozirqi qamoqqa olishlar, tinch fuqarolarning qamoqqa olishlari bu toqat qilib bo’lmaydigan holatlar. Shuning uchun, birinchi navbatda, biz xalqaro tashkilotlardan bizga e’tibor berishlarini xohlaymiz. Chunki 26 yil davomida bizni aldab kelishdi. 26 yildirki, biz bilan hisoblashmayaptilar. 26 yildirki go’yoki bizning prezident bizlarni qo’y o’rnida ko’rmoqda", - deydi Natalya.

"Ikkinchidan, bu yerga odamlar vatandoshlarimizni qo’llab-quvvatlash uchun yig’ilishgan. Afsuski, biz hozir Belorussiyada emas, lekin qalbimiz Belorussiyada. U yerdagi o’z huquqlarini himoya qilish yo’lida qo’rqmasdan namoyishga chiqayotganlardan minnatdormiz. Ularga biz sizlar bilan deb aytmoqchimiz. Bu yerda biz bilan birga Turkmaniston, Ukraina, Venesuela. Biling, barchamiz sizlar bilan birgamiz. Inson bo’lib qolayotganingiz, o’zingiz va boshqa fuqarolarning huquqlari yo’lida kurashayotganingiz uchun sizlarga katta rahmat! Biz sizlar bilan!” - deya Belarusdagi vatandoshlariga alohida minnatdorchiligini bildiradi tashkilotchi.

Namoyishda Belarus xalqiga befarq bo’lmagan diasporalar vakillari ham qatnashishdi. Turkmanistonlik Mamed namoyishda belaruslarga birdamligini sahnadan turib bayon etdi.

“Biz bu yerga Belorussiyani qo’llash uchun kelganmiz. Shaxsan o’zim, shuningdek, Belorussiyada namoyishlar vaqtida qamoqqa olingan turkmanistonlik talabalarning manfaatlarini himoya qilish uchun ham kelganman. Ular ozodlikka chiqib o’z o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunlaydilar deya umid qilaman”, - deydi Mamed.

Turkmaniston bayrog’ini ko’tarib chiqqan Zara Hayit ham vatandoshiga qo'shildi.

“Biz bugun BMT oldida yig’ilgan beloruslarni qo’llash, ularga birdamligimizni, diktator rejimiga qarshiligimizni ko’rsatish uchun keldik. Biz yolg’onga qarshi kurash, o’z ovozingga ega bo’lmaslik, sening fikring bilan hisoblashmaydigan prezidentga qarshu kurash nimaligini yaxshi bilamiz. Umid qilamizki, Belarusda vaziyat o’zgaradi. Ular inoq bo’lib yig’ilganlarini qarang. Menimcha, ular o’z niyatlariga erishadilar. Ularga muvaffaqiyat tilayman. Zero, Belorussiyada vaziyat o’zgarsa, u zanjir reaksiyasi kabi butun mintaqa-yu Markaziy Osiyoga ham ta’sir qiladi va barcha diktatorlar o’z o’rinlarini anglashadi. Va biz barcha diktatorlarni ag’daramiz. Umid qilamanki Belоrussiyada, shuningdek Turkmanistonda, qolaversa butun mintaqada vaziyat o’zgaradi”, - deydi Zara.

Namoyishda Qirg’iziston va Qozog’iston bayroq va yozuvlari ham bo'ldi.

Dilbar Yakubova asli o’zbekistonlik:

“Men AQShda yashayman va bu yerga og’alarimizni, do’stlarimiz va qo’shnilarimizni qo’llashga keldim. Men har bir inson o’z fikrini bayon etishga haqli deb hisoblayman. Har kimning madaniy ravishda o’z noroziligini bildirish huquqi bor. Hech kimga birovning ovozini o’g’irlash huquqi berilmagan. Men adolatli saylovlar tarafdori va zo’ravonlikka qarshiman. Eng asosiysi, zo’ravonlik bo’lmasin! Men Belorussiyadagi voqealarni ko’rib turibman, ularning kechinmalarini ko’rib iztirob chekyapman. Shuning uchun ham men bugun shu yerda va ular bilan!”

“Albatta, O’zbekistonda ham, Qozog’iston va Qirg’izistonda ham katta qiziqish bilan vaziyatni kuzatib turishibti, qiziqish, iztirob bilan va boshqa aralash hissiyotlar bilan. Hamma ham o’ylaganini aytyapti deb aytolmayman. Men ularni tushunaman. Chunki ularning oilalari, yaqinlari u yerlarda yashashadi. Hammalari ham o’ylaganlarini bayon etishga jur’at etolmaydilar. AQShda ko’chaga chiqib o’z fikrini aytish ancha oson. U yerdagilarga esa qiyin. Shuning uchun belaruslarga mening hurmatim baland. Ular mamlakat ichida, ularning yo’qotadigan narsalari bor, shunga qaramasdan ular maydonga chiqib o’z fikrlarini aytishdi. Takrorlayman, men bu yerda chunki zo’ravonlikka qarshiman”, - deydi Dilbar.

Yana bir qatnashchi:

“Mening ismim Irina va men Qig’izistondanman. Men bu yerga Belorussiyani qo’llab-quvvatlash uchun keldim. Chunki biz ham o’xshash vaziyatni boshimizdan o’tkazganmiz. Menga bunday dard va adolatsizlik alami begona emas. Umid qilamanki, ular boshlagan ishlarining uddasidan chiqadilar”.

Namoyishchu Yegor mashinasida “#Belarus” xeshtegini yozib yo’l-yolakay nyu-yorkliklar e’tiborini Belarusga qaratyapti.

“Men asli Belarusdan. Qo’shma Shtatlarga o’tgan yil fevral oyida kelganman. U yerda nimalar bo’layotganidan yaxshi xabardorman. Hamon Belorussiyada ko’plab do’stlarim bor. Ularning ayrimlari qamoqda. Bir tanishimni esa uch kun qidirishgan, aniqlashsa izolyatorda saqlashyapti ekan. Yan bir necha do’stlarim hamon kasalxonalarda yotishibti. Xayriyatki, ularning olgan jarohatlari og’ir emas. Kaltak yegan joylarini suratlarini olishgan, hozir sudga ariza kiritishyapti. Yana bir nechtasi hozir ham namoyislarga chiqishyapti. Men ham bu yerga ularni qo’limdan kelgancha dastaklash uchun keldim. Men Jahon hamjamiyatini e’tiborini qaratish maqsadida qo’limdan keladiganini qildim”, - deya o’z mashinasiga ishora qiladi Yegor.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG