Breaking News

Tramp-Bayden: Oq uy uchun birinchi debat

Oq uy uchun kurashayotgan respublikachi va demokrat nomzodlar - Donald Tramp va Jo Bayden - orasidagi birinchi yuzma-yuz bahs Ogayo shtatining Klivlend shahridagi Keys Uestern universitetida kechdi. Nomzodlar bir-biriga so'z bermaslikka urindi. Moderator ularni bir necha bor bahs qoidalariga rioya qilmaganlikda koyidi. Biroq bir yarim soatdan oshiq davom etgan debatni kamida 100 million amerikalik jonli tomosha qildi, aholining deyarli uchdan bir qismi. Qator muhim mavzular muhokama qilindi.

XS
SM
MD
LG