Breaking News

Keksalar orasida Bayden tarafdorlari ko'paymoqda


Saylov - 2020: Keksalar kim tarafda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:40 0:00

Ommaviy so’rovlarga ko’ra, keksalar orasida prezidentlikka nomzod Jo Baydenni qo’llayotganlar Tramp tarafdorlaridan ko’proq.

Floridada keksalar, odatda, respublikachilarga ovoz berishi bilan tanilgan. Ammo avgustda o’tgan Demokratlar partiyasi qurultoyidan beri shtatda demokrat nomzod Jo Bayden tarafdorlari faollashdi.

“Trampni Oq uydan quvishimiz kerakligini hamma bilishini xohlaymiz”, - deydi Petti Beyr ismli fuqaro.

So’rovlarga ko’ra, 65 yoshdan oshganlar orasida Tramp tarafdorlari 2016-yilga qaraganda to’qqiz foizga kamaygan.

“Ko’plab shtatlarda u keksalarni boy beryapti. Bu koronavirus xavfini kamaytirib ko’rsatishga bo’lgan unirishlari natijasi, chunki keksalar virusdan eng ko’p aziyat chekayotgan qatlam”, - deydi tadqiqotchi Uit Ayres.

Saylovchilarning 23 foizini keksalar tashkil qiladi. Tramp ularni o’ziga og’dirish uchun Floridada yangi kampaniya boshladi.

“Sizni himoya qilaman, bor kichim va e’tiqodim bilan sizlar uchun kurashaman”, - dedi u.

Koronavirusga chalinib, kasalxonada davolanib chiqqan Tramp keksalarga ham o’zi olgan dorilar berilishini va’da qildi.

“Kimga kerak bo’lsa, hammaga bepul beramiz”, - dedi u.

Tramp tarafdorlarining kamayishi, asosan, pandemiyaga bog’liq bo’lsa ham, aslida bu o’zgarish 2019-yil o’rtalaridan boshlangan. Sabablardan biri - nafaqaxo’rlar to’rt yil avvalgi fikrlarini o’zgartirgan.

“Mo’tadil nomzodlar ko’proq ovoz to’playapti. Bu barcha saylovchilarga taalluqli o’zgarish. Keksalar orasida ham mo’tadil qarash tarafdorlari soni o’syapti”, - deydi ekspert Robert Griffin.

Jo Bayden ham Floridaga safar qilib, keksalar bilan ko’rishdi.

“Donald Tramp uchun hammasi oddiy: u sizlarni qurbon qilishga tayyor. Sizni tez esdan chiqaradi, u uchun siz hech kimsiz. U keksalarni shunday ko’radi”, - dedi Bayden.

Tramp yaqinda “Twitter” orqali Bayden keksalar aravachasida tasvirlangan yasama rasmni tarqatdi. Maqsad 77 yoshli Baydenning prezidentlik uchun juda keksa ekanini ko’rsatish.

“Trampga ko’ra, Bayden ortiq o’z ishini yaxshi bajara oladigan darajada emas. Baydenni juda keksa, hatto demensiya kasaliga chalingan, deb aytadi. Bu gaplar keksa saylovchilarga yoqmasligi aniq”, - deydi G’arbiy Kaliforniya universiteti professori Kris Kuper.

Tramp kampaniyasi bo’sh kelayotgani yo’q. Ular muhim shtatlarda keksa saylovchilarga qaratilgan reklamalarni e’lon qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG