Breaking News

Tojikiston: pandemiya davrida poytaxt koʻchalari

Qishning ilk kunlari poytaxt Dushanbeda shahar koʻchalari gavjum. Odamlar ishga shoshiladi, ishdan qaytadi. Bolalar maktabga, talabalar oliygohga qatnamoqda.

Rasmiy raqamlarga ko'ra, koronavirusga chalinganlar 12 000 dan oshgan, ularning 95,5 foizi tuzalgan, faqat 88 nafar bemor vafot etgan. Ammo, mamlakat boʻylab oʻlimlar soni oʻtgan yillarga nisbatan oshgan. Koronavirusga bogʻliq haqiqiy vaziyatni aniqlash deyarli imkonsiz. Mamlakatda ommaviy tarzda test olish yoki aholini vaksina qilish haqida biror rasmiy ma'lumot yo'q.

Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG