Breaking News

Qishloqda qish

Tojikiston qishloqlarida qishda uylar oʻtin, koʻmir, tezak bilan isitiladi. Tirikchilik, asosan, dehqonchilik va chorvachilik hisobiga. Shuning uchun ham qishda deyarli ish bo’lmaydi.

Qadimiy Istaravshan shahrining Nofaroj jamoatidagi kichik-kichik qishloqlarning aksariyati oʻzbeklardan iborat. Rossiyaga mehnat muhojirligiga boradiganlar ham koronavirus ortidan ishga keta olmadi. Oilalar qoʻshimcha daromaddan mosuvo boʻldi, kun koʻrish yanada qiyinlashdi. Odamlarning aytishicha, dehqonchilik va chorvachilikdan topgan daromadlari qora qozonni qaynatishga arang yetadi. Uy-joy qurish yoki taʼmirlash kabi koʻproq mablagʻ talab etadigan ishlar ortga surilmoqda.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG