Breaking News

Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirdi


Prezident Donald Tramp tarafdorlari Kongress binosi ichida, Vashington, AQSh, 2020-yil, 6-yanvar

AQSh Vakillar palatasi va Senati a'zolari bugun qo'shma majlis o'tkazib, noyabr oyida o'tgan prezidentlik saylovlari natijasini tasdiqlash uchun yig'ildi. Ayni paytda Kapitoliy binosi tashqarisida Prezident Donald Tramp tarafdorlari to'planib, saylov natijalarini bekor qilishni talab qilib namoyish o'tkazmoqda.

Tinch boshlangan namoyishlar tartibsiz tus olib, bir guruh namoyishchilar politsiya qarshiligiga qaramay, Kapitoliy ichiga kirib borgan.

Prezident Donald Tramp tarafdorlari Kongress binosida, 2020-yil, 6-yanvar
Prezident Donald Tramp tarafdorlari Kongress binosida, 2020-yil, 6-yanvar

OAV ma'lumotlariga ko'ra, qonunchilar yig'inni vaqtincha to'xtatgan va evakuatsiya qilingan.

Bugun avvalroq Prezident Donald Tramp tarafdorlari bilan uchrashib, mag'lubiyatini hech qachon tan olmasligini aytgan edi.

Oq uy oldida so'zlagan Trampga ko'ra, noyabrda bo'lib o'tgan saylov o'g'irlangan va aslida u "katta g'alabaga" erishgan.

Radikal demokratlar soxta ommaviy axborot vositalari bilan birga Xioy virusini bahona qilib saylovni o'g'irlashdi, dedi Tramp.

AQSh Prezidenti Donald Tramp tarafdorlari qarshisida nutq so'zlamoqda, 2020-yil, 6-yanvar
AQSh Prezidenti Donald Tramp tarafdorlari qarshisida nutq so'zlamoqda, 2020-yil, 6-yanvar

Vashingtonning markaziy ko'chalari yopilgan. Kecha shahar meri xavfsizlikni ta'minlash uchun Milliy gvardiyani safarbar qilgan edi. Shuningdek, u bugun shaharda soat 18:00 dan so'ng komendantlik soati joriy qilinganini e'lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG