Vashingtonda 46-prezident inauguratsiyasi yakunlanib, Jo Bayden rahbarlikka kirishdi. O'nlab qarorlar qilingan, tegishli hujjatlar imzolangan, jumladan immigratsiya, iqlim, iqriy tenglik va koronavirusga qarshi kurash bobida. AQSh-Meksika chegarasuda devor qurilmaydi. Musulmon davlatlardan kelishga taqiq bekor qilinadi. AQSh iqlim bo'yicha Parij bitimiga qaytadi, shuningdek, Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotiga ham. Neft qazish bo'yicha yirik loyiha ham to'xtatiladi.