Breaking News

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning "xoriijiy agent" tamg'asidan norozi


Josep Borrell, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri
Josep Borrell, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning chet el bilan hamkorlik qiayotgan va xalqaro tashkilotlarga ishlayotganlarga "xorijiy agent" tamg'asi qo'yib, ularning faoliyatiga to'sqinlik qilayotganini qoralab chiqdi. Bu muassasalar orasida AQSh Global Media Agentligiga kiruvchi "Ozodlik" radiosi ham bor.

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati uchun mas'ul Josep Borrell to'qqiz yil oldin kuchga kirgan bu qonunni inson huquqlariga qarshi harakat deb atadi. Borrellga ko'ra, oxirgi paytlarda cheklovlar kengaygan va keskinlashgan.

O'tgan hafta sud qarori bilan "Ozodlik"ning Moskvadagi byurosi tintuv qilingan, musodara qilinishi kerak deya vositalar ro'yxati talab etilgan. Tashkilotning bank hisoblarini muzlatish haqida qaror ham bor.

Bir necha kun oldin esa hukumat VTimes axborot portalini ham "xorijiy josus" ro'yxatiga qo'shgan edi. Meduza saytiga ham shunday maqom berilgan.

"Yevropa Ittifoqi bunday ishlarni qoralab, Rossiya hukumatiga bir necha bor murojaat qilgan. Unga xalqaro majburiyatlarini, xusususan erkin uyushish, so'z va matbuot erkinligi borasidagi talablarni eslatgan", - deydi Peter Spano, Borrellning so'zlovchisi.

"Xorijiy agent" haqidagi qonun 2012-yilda qabul qilingan va muntazam ravishda yangilanib kelmoqda.

Unga ko'ra, chet eldan mablag' olgan va hukumat nazarida siyosiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan har qanday tashkilot "xorijiy agent" deya ro'yxatga olinadi. Ular o'zlarini ham shunday atashlari lozim va maxsus auditdan o'tishlari shart.

"Xorijiy agent" haqidagi qonun Rossiyada 2012-yildan beri amalda
"Xorijiy agent" haqidagi qonun Rossiyada 2012-yildan beri amalda

Rossiyada "Ozodlik" Rus xizmati va radioning yana olti bo'limi ham shunday ta'riflanadi.

Endilikda bu qonun individual jurnalistlarni ham nishonga oladi, ya'ni chet el OAVlariga ishlayotgan har qanday mutaxassisni.

Parallel ravishda hukumat uchun nomaqbul tashkilotlar ro'yxati ham bor. AQSh va Yevropa quvvatlovi bilan ishlaydigan nohukumat muassasalar uning asosida yopilgan va yopilmoqda.

"Bu harakatlar Rossiyada mustaqil media tahdid ostiga ekanini anglatadi. Tanqidiy material bergan OAV shu tariqa bo'g'ilmoqda", - deydi Spano.

Roskomnadzor, Rossiyada mediani nazorat qiluvchi asosiy idora, "Ozodlik"ni shu kungacha bu qonunlarni 520 marta buzganlikda ayblagan va 2,4 million dollar jarima undirgan. "Ozodlik" shikoyat qilganida, sudlar hukumatni quvvatlab hukm chiqargan.

Rossiya bo'ylab, qayerda ishlayotganidan qat'i nazar, xorij bilan aloqada bo'lsa, jurnalistlar tekshiriladi. Xususan ularnng moliyaviy hisoblari elakdan o'tkaziladi va doimiy auditga majburlanadi. Bu insonlar barcha yozishmalarda o'zini "xorijiy agent" deya ko'rsatishi shart.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG