Breaking News

AQSh Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligini quvvatlaydi


Prezident Mirziyoyev Prezident Baydenning Ichki xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Elizabet Shervud-Rendall bilan, Toshkent, 16-iyul, 2021

15-16 iyul kunlari Toshkentda kechgan xalqaro anjumanda e'tibor Markaziy va Janubiy Osiyo orasida iqtisodiy va siyosiy hamjihatlikni kuchaytirishga qaratildi. Har ikki mintaqa rahbarlari va yetakchi diplomatlaridan tashqari yig'inda G'arb, jumladan AQSh delegatsiyasi ham qatnashdi. Vashingtondan kelgan yuqori darajali rasmiylar Toshkenga mezbonlik uchun tashakkur bildirib, uning tashabbuslarini olqishladi. Bayden ma'muriyati mintaqaviy birdamlik harakatlarini quvvatlashini bildirdi.

Markaziy Osiyoning besh respublikasi va AQSh C5+1 platformasida gaplashar ekan, xavfsizlikni ta'minlash, xususan Afg'onistonda tinchlikka erishish birlamchi vazifa ekani tan olindi. Bu davlatlar Kobulni va Tolibonni muzokara stoliga qaytishga undamoqda.

AQSh-O'zbekiston muloqoti, Toshkent, 16-iyul, 2021
AQSh-O'zbekiston muloqoti, Toshkent, 16-iyul, 2021

C5+1 davrasining Toshkentdagi yig'inida quyidagilar prioritet sifatida qayd etilgan:

  • Markaziy Osiyo bo'ylab infrastruktura yangilanishi kerak. Buning uchun yirik sarmoya loyihalari amalga oshirilishi lozim.
  • Chegara osha savdoni quvvatlab, odamlarga sharoit yaratmoq darkor.
  • Energetika sektorini isloh qilib, muqobil manbalarni ham rivojlantirish talab qilinadi.
  • Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga e'tibor berib, havo sifatini tozalash uchun harakat qilib, suv yuzasidan hamkorlik qilish va ob-hayot taqchilligiga qarshi kurashish lozim.
  • Inson huquqlari himoya qilinsin, qonun ustuvor bo'lsin, tenglik ta'minlansin, xalqlarning qadriyatlari va rishtalar tiklansin. Bular farovonlikka yetaklashi lozim.
  • Ikki mintaqa orasida savdo, transport, kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish zarur.
  • Afg'onlar muzokara va murosa qilishi kerak. Hozirgi chigallikdan qurol bilan chiqish mumkin emas. Afg'on xalqi manfaatlari, uning tinchligi va haq-huquqlari hamma narsadan ustun. Terroristlar Afg'onistondan o'z yovuz maqsadlari yo'lida aslo foydalana olmasligi, Markaziy Osiyo va qo'shni hududlarga hech qachon raxna solmasligi kerak.
  • Afg'oniston bilan xavfsizlik, energetika, iqtisod va tijorat bobida hamkorlikni oshirib, madaniy-ilmiy aloqalarni ham kengaytirish zarur.
  • Amerika va Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizlik va barqarorlik yo'lida birga ishlayveradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG