Breaking News

O’zbekiston: Muxolif partiya tuzish harakati qanday kechmoqda?


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shovvozsoydagi qasri yuzasidan surishtiruv o’tkazishi bilan o’zbek jamoatchiligiga tanilgan Aleksey Garshin yaqinda bir guruh faollar bilan siyosiy partiya tuzish bo’yicha harakat boshlagan.

“Ozod vatan” nomi berilgan bu partiya ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilinmoqda. Partiya nizomi, dasturi, loyihalari jamoatchilikka taqdim qilingan.

O’zbekistonda yana bir partiya tuzilayotgani haqidagi bu xabar professor Xidirnazar Olloqulov yetakchiligidagi “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, bu partiya faollariga nisbatan bosimlar davom etayotgan bir manzarada paydo bo’ldi.

Aleksey Garshin nega Mirziyoyevni aybladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:05 0:00

Mazkur partiyaning ayrim faollari ham ayni paytda “Ozod vatan” tashabbuskorlari qatoriga qo’shilgani aytiladi. Yangi partiya mavjud tajribalardan saboq chiqargan holda aholini siyosiy jihatdan uyg’otishga alohida diqqat qaratmoqchi.

“Ozod vatan” tashabbuskorlaridan biri Aleksey Garshinning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, partiya faollari o’z shaxsiy tajribasi misolida aholini siyosiy faollikka chorlaydi. Chunki o’zbek jamiyati bugun uyg’onmas ekan, yana uzoq muddatga kech qolishi mumkin.

“Ozod vatan” vakillari mamlakatda klaster tizimidan voz kechisih, prezidentga impichment, ishonchsizlik e’lon qilish, xususiylashtirish jarayonini qayta ko’rib chiqish takliflarini ham ilgari surmoqda.

Garshinning ishonishicha, siyosiy maydonda muxolif partiyalar paydo bo’lmas ekan, O’zbekistonda o’zgarishlar kutmaslik kerak.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG