Breaking News

O’zbekistonda Karimov davri qaytmoqdami?


Faollar: Blogerlar hibsda ekani repressiyadan darak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:11 0:00

Faollar: Blogerlar hibsda ekani repressiyadan darak

Bloger Ozodbek Qurbonov hibsda yangi ayblovlar bilan yuzlashayotgani yuzasidan xavotirlar mavjud. U o’tgan hafta mayda bezorilikda ayblanib hibsga olingan va Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 15 kunlik qamoqqa hukm qilingandi.

Blogerning hibsga olinishi mavjud siyosiy partiyalar ustidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat kiritish harakati bilan bog’liq.

15-iyul kuni professor Xidirnazar Olloqulov yetakchiligidagi bir guruh faollar Konstutsiyaviy sudga partiyalar saylovda qatnashishga haqli emas, degan shikoyat arizasi bilan borishgan.

Ular sud binosiga kirishda huquq-tartibot vakillari ekanligi gumon qilinayotgan fuqarolar bosimiga uchragan. Bu jarayonni yoritayotgan bloger Ozodbek Qurbonov shu payda ushlanib, noma’lum tomonga olib ketilgan. Keyinchalik Yakkasaroy tuman sudi blogerni mayda bezorilikda aybdor topib, 15 sutkaga qamagani aniqlandi.

Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tkazilmagan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi faoliyati, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga doir keskin chiqishlari bilan tanilgan Ozodbek Qurbonov Prezident Mirziyoyevning yoshlarni siyosiy faollikka undagan da’vatlariga ishongan blogerlardan biri.

Qurbonov aksariyat yoshlardan farqli siyosiy uyg’oqlikni hokimiyatni madh qilish sifatida emas, mamlakatdagi siyosiy jarayonlar va harakatlarni quvvatlash sifatida tushunganini aytadi.

U avvalroq “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida Prezident Mirziyoyevga siyosiy partiyalarga nisbatan bosimlarni to’xtatish, yoshlarga ishonch bildirishni so’ragan edi.

Konstitutsiyaviy sudga qilingan shikoyat jarayonini yoritgan Qurbonov ma’muriy huquqbuzarlikda ayblangan, ammo blogerga nisbatan qo’shimcha ayblovlar surilishi mumkin.

Bir muddat avval mayda bezorlikda ayblanib 15 kunga qamalgan bloger Fozilxo’ja Orifxo’jayev ayni paytda ekstremizmga doir yangi ayblovlar bilan yuzlashmoqda.

Mamlakatdagi faollarning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, so’nggi paytda blogerlarning birin-ketin hibsga tortilayotgani Karimov davridagi tazyiqlarni yodga solyapti. Ular nazarida hokimiyat yaqinlashgan prezidentlik sayloviga shu tariqa hozirlanmoqda.

Ma'muriyat bu ishlar yuzasidan izoh bermayapti.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG