Breaking News

Gavayida jurnalistlar mahalliy tilni jonlantirishga urinmoqda


Gavayi tilida mahalliy matbuot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00

Gavayi tilida mahalliy matbuot

20-asr boshigacha Gavayi mahalliy tilda o’z matbuotiga ega bo’lgan. So’nggi paytlar orolda etnik tildagi jurnalistikani rivojlantirishga urinishlar bo’lmoqda.

“Gonolulu Sivil Bit” notijorat onlayn nashri har hafta Gavayi tilida shu tilni tushundigan yoki o’rganayotganlar uchun yangiliklar chop etadi. Shahardagi muzey esa 1830 va 1940-yillar orasida Gavayi tilida chiqqan 100 dan ortiq gazetani raqamlashtirish bilan band.

Maqsad etnik tilda so’zlashuvchilar uchun mahalliy tilni qayta jonlantirish, deydi jurnalistlardan biri.

“Maqolam xalqim tiliga o’girilayotganini, bu til qayta jonlanayotganini so’z bilan ifodalash qiyin”, - deydi “Gonolulu Sivil Bit” nashri muxbiri Ku Kauanoe.

Mahalliy yetakchilar orasida uzoq yillik mojarolar ortidan 1810-yil Gavayi orollari qirol Kamehameha Birinchi qo’li ostida birlashdi.

Amerikalik missionerlar yordami bilan mamlakatning yozma tili paydo bo’ldi.

Ammo 1893-yil qirolicha taxtdan ag’darilgach, amerikaliklar mahalliy tilni ham tazyiq ostiga oldi. Gavayi tili 1970-yillarda yana qayta jonlandi. Unga ingliz tilidan so’ng ikkinchi rasmiy til maqomi berildi.

Aholi tarkibi ham rang-barang.

“Men Chamorroman. Mariana orollari xalqi shunday ataladi. Mahalliy tillar qanday yo’q qilinganini yaxshi bilaman. Ularni yana tiriltirish ishlari qanchalik qiyinligidan xabarim bor”, - deydi yana bir mahalliy jurnalist Anita Hofshneyder.

Til yer bilan bog’liq, deydi bir o’qituvchi.

“Gavayi tili xuddi DNK kodiga o’xshaydi. Unda tariximiz, e’tiqodimiz va bilimlarimiz tizimi aks etgan”, - deydi Gavayi tili o’qituvchisi Manuvay Piters.

Unda hayot tarzi ham aks etgan. Jurnalistlar loyihani kengaytirish harakatida.

“Orzuimiz shuki, bizga ma’lumotlar Gavayi tilida kelsin va biz uni tarjima qilaylik”, - deydi nashr muharriri yordamchisi Neyten Igl.

Gayayi tarixining yangi sahifalari yozilar ekan, maqsad tilni ham uning bir qismiga aylantirish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG