Breaking News

Bayden davrida AQShning dunyodagi obro'si oshgan


So'rov: AQShning global obro'si oshdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

Prezident Jo Bayden rahbarligining dastlabki olti oyi davomida AQShning dunyo bo’ylab yetakchilik obro’si yaxshilangan. O’tgan yili sobiq prezident Donald Tramp davrida u rekord darajada pastlagan edi. So’nggi natija 50 ga yaqin mamlakatda o’tkazilgan so’rov orqali aniqlangan.

So’nggi haftalar Prezident Bayden obro’si mahalliy reytinglarda ancha pastlagan bo’lsa-da, xalqaro maydonda, aksincha, ko’tarilgan.

“Gallup” o’tkazgan yangi so’rovga ko’ra, AQShning dunyodagi yetakchilik mavqeini yuqori baholaganlar soni o’tgan yilgi 30 foizlik ko’rsatkichdan bu yil avgustda 49 foizga chiqqan. So’rov dunyoning 46 mamlakati va hududida o’tkazilgan.

Reytingdagi o’sish AQShning dunyoga ochilishi bilan bog’liq.

“Bayden ma’muriyati o’z ishining ilk soatlaridayoq Parij iqlim bitimiga qayta qo’shildi hamda Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotidan chiqish haqidagi Tramp qarorini bekor qildi. Bu ko’plab hamkorlar uchun kutilayotgan ijobiy o’zgarishlar belgisi edi”, - deydi “Gallup” tahlil markazining yangiliklar bo’yicha muharriri Juli Rey.

49 foizlik ko’rsatkich 2009-yil sobiq prezident Barak Obama boshqaruvining ilk yilida qo’lga kiritilgan rekord darajaga teng. Eng past baho esa Tramp davrida, 30 foiz bo’lgan.

So’rov natijalariga ko’ra, Baydenning tashqi siyosati dunyoga ma’qul.

“Amerika yana o’z o’rnida. Diplomatiya yana qaytdi”, - degan edi Prezident Jo Bayden.

Ammo so’nggi haftalarda Afg’onistondan tartibsiz ravishda chiqish, Fransiya bilan mavjud kelishuvni bekor qilib, Avstraliyani yadro quroli tashuvchi suvosti kemalari bilan ta’minlash qarori ko’pchilikning tanqidiga uchradi.

“Bu ma’muriyat aloqalarimizni jonlantiradi, NATO haqida, boshqa odamlar haqida, inson huquqlari haqida qayg’uradi, dedik. Keyin nima bo’ldi? Afg’oniston, Avstraliya bilan kelishuv kabi masalalarga kelganda so’zimiz amalga to’g’ri kelmay qoldi. Bu esa muammolarni yaratadi”, - deydi AQSh Ishbilarmonlik instituti tahlilchisi Daniel Pletka.

Reytingdagi o’zgarishlar yaxshi, ammo global yetakchilar ro’yxatida AQSh Germaniyadan keyingi o’rinda. Yevropa, Osiyo va Amerika mintaqasidagi so’rovlarda Berlin Vashingtondan yuqori natija ko’rsatgan.

Vashington choyxonasi: Tramp davri tugadi; endi nima bo'ladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:40:08 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG