Breaking News

Markaziy Osiyoda iqtisodiy ahvol qanday va qay tomon yo’nalmoqda?


Subir Lall, Xalqaro Valyuta Fondida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo’yicha direktor o’rinbosari

Ekspertlar: Shundoq ham zaif iqtisodiy tiizimlarning pandemiya oqibatlarini yengishi qiyin kechadi. Emlanish, xususiylashtirish va sarmoya. Ular kengaymasa, progress kutmang.

Xalqaro valyuta jamg'armasida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo’yicha direktor o’rinbosari Subir Lall tahlilicha, mintaqa astalik bilan koronavirus pandemiyasidan chiqa boshlagan, ammo uning iqtisodiy oqibatlari changalida.

Yaqin orada vaziyat yaxshilanishi kutilmayapti. Inflyatsiya tezlikda o’smoqda va bu faqat mazkur regionga xos holat emas, deydi Lall, ammo dunyoning bu tarafida ancha yuqori. Oziq-ovqat narxi pasayishi mumkinligidan ham darak yo’q.

Mamlakatma-mamlakat vaziyat bir-biridan farq qiladi, deydi Lall, ammo Markaziy Osiyo bo’ylab 2021-yil oxirigacha iqtisod 2019-yilgi ko’rsatkichlarga yaqinlashishi mumkin. Markaziy banklar, xususan Tojikiston va Qozog’istonda foiz stavkalarini ko’targan. O’zbekistonda ular oldindan baland.

2022-yilda moliya ozayishi va xarajatlar kengaymasligi kutilmoqda, deydi Lall. Fond taxminicha, kelayotgan yilda inflyatsiya, umuman olganda, sal pasayib, pandemiyadan chiqish tezlashadi.

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarda kelasi yilgi iqtisodiy o’sish 5,2 foizda bo’lishi bashorat qilinmoqda. 2021-yilda esa u 5,7 foizda.

Koronavirusga qarshi emlanish nihoyatda muhim omil, deydi Lall. Qozog’iston va Ozarbayjon singari davlatlar vaksina olish bo’yicha oldinda va bu iqtisodda ham ijobiy aks etmoqda, deydi ekspert. Shu bilan birga mamlakatlar pandemiya qaytmasligi uchun choralarni mahkamlashi lozim.

O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston va Armaniston emlanishda orqada.

Iqlimdagi salbiy o’zgarishlarga qarshi chora ko’rishda ham Markaziy Osiyo oqsab, qarorlar va dasturlar asosan qog’ozda qolmoqda. Ana’naviy energetik manbalarga tayanuvchi mintaqada iqtisodiy yashillashish juda sekin kechishi muqarrar.

Moliyaviy siyosatning moslashuvchanligi, energetika savdosi va turizm ko’lami – bular iqtisodga salmoqli turtki beruvchi omillar, deya tilga oladi Lall.

Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti eksperti Mamuka Tsereteli
Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti eksperti Mamuka Tsereteli

Vashingtonda asoslangan ilmiy markaz - Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti eksperti Mamuka Tsereteli kuzatishicha, xususiylashtirish jarayoni pandemiya davrida jadallashdi, deyishga yetarlicha asos mavjud emas. Xususiylashtirish, deya qayd etadi ekspert, har doim ham ish o’rinlarini ko’paytirmaydi. Ishsizlik hali ham juda keng tarqalgan holat.

“Rivojlanish uchun xususiylashtirish va to’g’ridan-to’g’ri sarmoya birlamchi talablardir”, - deydi Tsereteli.

“Qo’shnilar orasidagi savdo kengaygani mintaqadagi eng ulkan iqtisodiy o’zgarish”, - deya xulosa qilmoqda mutaxassis. “Mintaqaviy tijorat jahon bozorlariga ham yo’l ochadi”.

Mehnat migratsiyasi jonlangan. Rossiya va boshqa davlatlarga ishga ketish hollari ko’payib, vatanga yuborilayotgan mablag’ miqdori oshgan, masalan O’zbekiston va Tojikistonda birgalikda bu yil 10 milliard dollardan ko’p. O’zbekistonda chetdagi migrant ishchilar jo'nayotgan pul milliy daromadning 10 foizidan ziyodini tashkil etmoqda, ya'ni 60-70 milliard dollardan 6-7 milliard.

Tsereteli nazarida ham iqlimdagi salbiy o’zgarishlar, xususan harorat ko’tarilishi va muzliklarning erishi, suv miqdori va ta’minotidagi masalalar, qishloq xo’jaligidagi qiyinchiliklar konkret yondashuv va yangicha siyosat talab qiladi va aynan bu yo’nalishda Markaziy Osiyo davlatlari bag’oyat sust.

E’tibor oshib, choralar ko’rilmasa, oqibatlari dahshatli bo’lishi mumkin, deydi ekspertlar.

Subir Lall davlat egalik qiladigan va yuritadigan sanoatlar va bizneslarning xususiy bizneslardan farqini tushuntirar ekan, kapital va resurslar ikkinchi toifada samarali ishlatiladi, deya ta’kidlaydi. Taraqqiyot bo’lishi uchun iqtisodiy erkinlik zarur. Strukturaviy o’zgarishlar qilinmas ekan, ishsizlikni yengish deyarli mumkin emas, deydi Lall.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 900 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG