Breaking News

Jahon iqtisodi bu yil kutilganidek o'smaydi


Xalqaro valyuta fondiga 190 mamlakat kiradi. Tashkilot Jahon banki tizimining bir qismi. Qashshoqlikka qarshi kurashib, rivojlanayotgan davlatlarga past foizda qarz berib, yordamlashish - fondning asosiy vazifalari.

Xalqaro valyuta fondiga ko'ra, koronavirus pandemiyasi tugamayotgani bois global iqtisod bu yil avvalroq taxmin qilinganidan ancha sustroq o'sadi.

Vashingtonda asoslangan tashkilot tahlilicha, 2022-yilda uzog'i bilan 4,4 foiz o'sish bo'ladi. O'tgan yili bu taxmin 5,9 foizda edi. Uch oy oldin esa 4,9 foizga tushgan edi.

Yonilg'i narxi ko'tarilishi, inflyatsiya oshishi, AQSh va Xitoyda iqtisod susayishi - o'sishni sekinlashtiruvchi omillar.

Xalqaro valyuta fondi omikron sezilarli darajada zarar keltirayotganini ta'kidlab, davlatlarni unga qarshi birgalikda samarali choralar ko'rishga undamoqda.

AQShda iqtisodiy o'sish bu yil 5,2 foiz bo'ladi deya taxmin qilingan edi, lekin hozirda 4 foiz.

Asosiy sabab - Prezident Jo Baydenning qator takliflari Kongressda o'tmayotgani. Ular yil boshida ma'qullansa va ishga solinsa, deya qayd etadi Xalqaro valyuta fondi, Amerika iqtisodida salmoqli siljish bo'lar edi.

Markaziy bankning ehtiyotkor moliyaviy siyosati, ta'minot tizimlaridagi muammolar, ishlab chiqarishdagi sekinlik - bular ham AQSh iqtisodiyotini sekinlashtirmoqda.

Xitoy iqtisodiy o'sishining taxmini 8,1 foizdan 4,8 foizga tushgan.

Fondga ko'ra, Xitoyda pandemiyaga qarshi choralarining o'ta keskin ekani iste'mol va talabni pasaytirgan. Ko'chmas mulk bozori ham "surunkali stressda", deya tasvirlaydi tashkilot.

2021-yilda global iqtisodiyot 6 foizga kengaygan edi. Bu yilgi taxminlar yirik davlatlar orasida faqat Hindistonda ko'tarilgan, 9 foiz.

Xalqaro valyuta fondiga 190 mamlakat kiradi. Tashkilot Jahon banki tizimining bir qismi. Qashshoqlikka qarshi kurashib, rivojlanayotgan davlatlarga past foizda qarz berib, yordamlashish - fondning asosiy vazifalari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG